×

Gollandiya: magistratura uchun yillik 5000 yevro grant


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2265 marta

Gollandiyada joylashgan Amsterdan Universitetining Amsterdam Science Talent Scholarships (ASTS) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant Amsterdam Universiteti MSc (master of Science) magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga o’qishga qabul qilinayotgan eng iqtidorli va umidli talabalarga ularni  rag’batlantirish hamda moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Grantlar Gollandiya fuqarosi bo’lmagan, ilmiy yutuqlarga erishgan yoki ilmiy yo’nalishlarda yuksak qobiliyatga ega talabalar uchun mahsus ta’sis etilgan.

Universitetda o’qitiladigan barcha magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Science Talent grantini yutib olgan talabaga bir yilga 5000 yevro miqdoridagi grant beriladi. Ikki yil davom etadigan magistratura kurslari talabalari uchun grant ikkinchi yili yana berilishi mumkin. Buning uchun talaba birinchi yili kamida o’rtacha 80% natija ko’rsatishi va o’zini namunali tutishi zarur.

Magistratura kurslari kontrakt to’lovlari haqida ma’lumotlar bu yerda.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va a’lochi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod eng a’lochi 10% talabalardan biri bo’lgan bo’lishi zarur, bakalavr bosqichida olgan barcha baholarining umumiysi esa 4 balllik tizimda kamida 5 ballni tahskil etishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr bosqichini ilmiy sohaga yaqin yo’nalishda o’qigan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod Amsterdam universitetidagi MSc magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, qabul va grant uchun minimal talab IELTS 7 yoki TOEFL 100.
  6. Nomzod ilgari hech qanday magistratura kursini o’qimagan bo’lishi zarur.
  7. Nomzod ASTS granti bilan bir vaqtda boshqa grant olmasligi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza berish shart emas. Nomzod Amsterdam Universiteti magistratura kursiga o’qishga hujjat topshirayotganida grantga ham hujjat topshirishni istashini mahsus qismda kerakli grantga “ptichka” qo’yish orqali ko’rsatishi va kurs uchun topshirish so’raladigan motivatsion xatga nima uchun grant yutishga muhtoj ekanini izohlovchi qism qo’shishi zarur. Kurslarga hujjat topshirish uchun bu yerga kirib, kerakli kursni tanlash va unga qabul uchun arizani to’ldirish kerak.

Ma’lumot uchun  master-science@uva.nl elektron manziliga yoki 31 (0)20 525 1401 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!