×

Gollandiya: University of Twenteda bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 5 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1551 marta

Gollandiyaning University of Twente 2020/2021-yilda boshlanadigan kurslar uchun Holland Scholarship – University of Twente dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant bir yilga beriladi va Twente universitetidagi quyidagi bakalavr va magistratura kurslari uchun taalluqli:

Bakalavriat:

  • Advanced technology
  • Business & IT
  • Civil Engineering
  • Communication Science
  • Creative Tehnology
  • Electrical Engineering
  • Industrial Design
  • International Business Administration
  • Psychology
  • Chemical Engineering
  • Industrial Engineering & Management Science
  • Computer Science & Engineering
  • Applied Mathematics
  • Technology and Liberal Arts & Sciences
  • Mechanical Engineering

Magistratura:

  • Applied Mathematics
  • Applied Physics
  • Biomedical Engineering
  • Business Administration
  • Business Information Technology
  • Chemical Engineering
  • Civil Engineering and Management
  • Communication Studies
  • Computer Science
  • Construction Management & Engineering
  • Educational Science and Technology
  • Electrical Engineering
  • Embedded Systems
  • Environmental and Energy Management
  • European Studies
  • Health Sciences
  • Human Media Interaction
  • Industrial Design Engineering
  • Industrial Engineering and Management
  • Internet Science and Technology
  • Mechanical Engineering
  • Nanotechnology
  • Philosophy of Science, Technology and Society
  • Psychology
  • Public Administration
  • Sustainable Energy Technology
  • Systems and Control

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda bir yillik bakalavriat kursi kontrakti 9 000 dan 12 583 yevro, magistratura kursining kontrakti 12 000 yevro, ikki yillik kursning kontrakti esa 15 750 yevroni tashkil qiladi.

Grant yutib olgan talabaga bir yilga 5 000 yevro grant ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. YeI va YeIH ga kirmaydigan davlatlar vakillari ariza topshira oladi.
  2. Nomzod oldin Twente universitetidagi bakalavriat/magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak. Buning uchun grantga hujjat topshirishdan oldin uiversitetning oʻziga hujjat topshirish va grantga hujjat topshirayotgan vaqtda oʻqish uchun taklif olgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod oʻqishga kirgan bakalavriat/magistratura kursi yuqorida koʻrsatilgan kurslar roʻyxatida boʻlishi va 2020/2021-yil sentabrda boshlanishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bunda ingliz tilini bilish darajasiga qoʻyilgan talab eng kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL 90.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grant uchun GPA 10 dan kamida 7,5 talab qilinadi.
  6. Nomzod ilgari Twente universitetining magistratura kuslarida oʻqimagan boʻlishi kerak.
  7. Nomzod Gollandiyaga viza olish uchun haqli shaxs boʻlishi va kerak vaqtida viza olish imkoni boʻlishi zarur.
  8. Dutch (golland) tilida oʻqiydigan kurslarga hujjat topshirgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning barcha yuqoridagi roʻyxatlarda koʻrsatilgan bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqish uchun beriladi. Hujjat topshirish yiliga ikki marta boʻladi:

  • Birinchi qabul 2019-yil 1-oktabrda boshlanib, 2020-yil 1-fevralda tugaydi.
  • Ikkinchi qabul esa 2020-yil 2-fevralda boshlanib, 1-mayda Lekin grant uchun hujjat topshirishda oldin kursning oʻziga oʻqishga qabul qilinish kerak va kursga qabul jarayoni grantga qabul jarayoni bilan bitta emas. Shu sababli, dastlab Twente universitetidagi yuqorida sanab oʻtilgan bakalavr/magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirish lozim.

Bakalavriatga qabul haqida shu yerdan, magistratura kursiga qabul haqida shu yerda va shu yerda malumot olishingiz mumkin.

Oʻqishga va grantga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini topish lozim.
  2. Mos keladigan kurs sahifasiga kiring.
  3. Shu yerda bakalavriatga kirish talablari va qanday qilib ariza berish koʻrsatilgan.
  4. Shu yerda magistraturaga kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing. Hujjatlar talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
  5. Studielinkdan account oching.
  6. Account orqali ariza toʻldirish jarayonini boshlang.
  7. OSIRIS application orqali arizani toʻldirishni davom ettiring.
  8. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.
  9. Oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, bu yerga kirib grantga hujjat topshirish jarayoni bilan tanishib chiqing va ariza bering.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Hujjatlar inglizcha yoki gollandcha (dutch) tarjima qilinib, notariusdan tasdiqlan topshiriladi.
  3. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va ilovasining inglizcha yoki gollandcha (dutch) tarjimasi.
  4. CV/resume.
  5. Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. Kamida IELTS kamida 6,5 ball boʻlishi lozim.
  6. Motivatsion xat.
  7. Pasport nusxasi.
  8. 2 ta tavsiyanoma beruvchi shaxsning kontaktlari. Bular magistaturaga hujjat berayotganlar uchun kerak.
  9. Bakalavr diplom ishingizning qisqacha tezisi. Bu hujjatni magistraturaga nomzod topshiradi.
  10. Agar bor boʻlsa magistratura uchun Higher Degree certificate (qoʻshimcha oliy ta’lim sertifikati).
  11. GMAT/GRE sertifikatlari soʻralishi mumkin.

Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda va shu yerda.

Nomzodlar baholari, intiluvchanligi, salohiyati va ingliz tilini bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: study@utwente.nl 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!