×

Gomma Photography Grant: fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 1000 yevrogacha pul mukofotiga ega bo’ling


Grant

MUHLAT

31.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2356 marta

The Gomma Photography Grant fotosuratlar tanlovi turli janrlarda ijod qiladigan suratkashlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovidir. Ushbu tanlov ilk marta 2014 yilda o’tkazilgan bo’lib, insoniylik harakatlaridagi faol o’rni, kashf qilinmagan iste’dodlarni aniqlash va diqqat markazida bo’lgan suratkashlarni e’tirof etishdagi harakatlari bilan tanildi. Gomma Granti orqali tanilgan suratkashlar o’z karyeralarini professional va badiiy jihatdan yuqori pog’onalarga ko’targanliklari ma’lum. Tanlov barcha uchun ochiq bo’lib, havaskor va professional suratkashlarga o’zlari tanlagan istalgan janrdagi ijodiy ishlari bilan ishtirok etish imkoniyatini beradi. Tanlovdan yig’ilgan mablag’lar har yili insoniy yordam va shu kabi ijtimoiy jihatdan foydali loyihalarga yo’naltiriladi. Bu yilgi Gomma Grant tanlovida ishtirok etgan suratkashlar tomonidan to’langan ro’yxatdan o’tish to’lovlarining barchasi COVID-19 xayriya fondlariga yuboriladi.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o’rin – 1000 yevro pul mukofoti.

2-o’rin – 500 yevro pul mukofoti.

3-o’rin – 200 yevro pul mukofoti.

“Honorable Mention”, “Best Documentary Award” va “Best Rising Talent”– nominatsiyalari g’oliblarining har biriga 100 yevrodan pul mukofoti.

Tanlovda g’olib bo’lgan barcha ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ham ega bo’lishadi:

  • Gomma Photography Grant sertifikatlari beriladi.
  • Gomma ijtimoiy tarmog’i va media hamkorlari g’oliblarni suratkashlik olamiga tanishtiradilar.
  • G’oliblar Gomma noshirlar tarmog’iga qo’shiladilar (jurnal va kitob nashrlari).
  • G’oliblar Gomma Facebook va Instagram sahifalarida alohida postlar orqali e’tirof etiladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  1. Tanlovda bir nechta suratkashlar hamkorlikda ishtirok etishlari mumkin.
  2. Bir ishtirokchi kamida 6 ta va ko’pi bilan 24 ta fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin.
  3. Taqdim etilgan fotosuratlar qachon tushirilganining ahamiyati yo’q. uzoq vaqt avval tushirilgan fotosuratlar ham qabul qilinadi.
  4. Suratlar uchun har qanday formatdan foydalanish mumkin (oq-qora, analog va raqamli kabi).
  5. Suratlar istalgan janrda bo’lishi mumkin (portret, hujjatli / tasviriy san’at, oq-qora, fotojurnalistika, konseptual, peyzaj va hkz.).
  6. Fotosuratlar RGB yoki sRGB profilda, JPG formatida (72 dpi) bo’lishi kerak.
  7. Fotosuratning eng uzun tomoni kamida 1300 piksel bo’lishi kerak.
  8. Taqdim etilgan fotosuratlarga muallif tomonidan qisqa izoh berilishi shart.
  9. Ixtiyoriy ravishda muallif haqida qisqa tarjimai hol yoki rezyume taqdim etish mumkin.
  10. Tanlovga taqdim etilayotgan ijodir ishlar “Ism-Familiya-fotosuratRaqami.jpg” ko’rinishida yuklanishi zarur. Masalan, “Yusuf-Solihov-01.jpg”, “Yusuf-Solihov-02.jpg” va hokazo.

Dasturga qabul jarayoni:

Fotosuratlar tanlovga ikki marta qabul qilinadi. Ijodiy ishlarni taqdim etishning birinchi dedlayni (ya’ni so’nggi kuni) – 2020-yil 31-avgust. Bunda ishtirok etish uchun 20 yevro to’lov amalga oshiriladi. Ikkinchi dedlayn 2020-yil 27-oktyabr. Bunda to’lov 35 yevroni tashkil qiladi. Tanlovda yig’ilgan mablag’lar xayriya maqsadida sarflangani sababli, xayriya tariqasida (ixtiyoriy ravishda) 150 yevrogacha to’lov qilish mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun bu yerga bosing.

Qo’shimcha ma’lumot

Tanlovda g’olib chiqqan fotosuratlar bu yerda, sahifaning oxirida ko’rsatilgan. Murojaat uchun gommaonline@gmail.com elektron manziliga xabar yuborishingiz mumkin. Tanlovga aloqador barcha ma’lumotlar tanlovning rasmiy saytida batafsil berilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!