×

Gong Kong: Barcha bosqichlar uchun grantlar va stipendiyalar!


Grant

MUHLAT

23.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

2014 marta

Gong Kong hukumati mamlakatning bir qator oliygohlarida o’qish niyatidagi mahalliy va xorijlik talabalar uchun quyidagi grant dasturlarini taklif etmoqda:

  1. The Hong Kong Special Administrative Region Government Scholarship
  2. The Self-financing Post-secondary Education Fund
  3. The Hong Kong PhD Fellowship Scheme

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • The Hong Kong Special Administrative Region Government ScholarshipGong Kongdagi sakkiz oliygohda tahsil oluvchi mahalliy va chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Stipendiatlarga yillik 80 000 HKD (taxminan 10 300 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.
  • The Self-financing Post-secondary Education Fundhukumat tomonidan tan olingan oliygohlarning bakalavr bosqichida o’qiyotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Stipendiatlarga yillik 80 000 HKD (taxminan 10 300 AQSh dollari) miqdorida atipendiya ajratiladi.
  • The Hong Kong PhD Fellowship SchemeGong Kong oliygohlarining PhD bosqichida o’qimoqchi bo’lgan eng iqtidorli va umidli tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. G’olib tadqiqotchiga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
  • 3 yillik PhD kursi davomida yillik 309 600 HKD (taxminan 39 700 AQSH dollari) miqdoridagi mablag’;
  • Konferensiya va tadqiqot ishi bilan bog;liq bo’lgan xarajatlar uchun 12 900 HKD (taxminan 1 700 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi.
  • Ba’zi oliygohlarda qo’shimcha mablag’lar ham ajratilishi mumkin.

Grantlar shu kurslarga qabul qilinadigan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad Gong Kongda o’qish istagidagi chet ellik talabalarni qo’llab – quvvatlashdir. Gong Kong oliygohlari ro’yxati bu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Ariza beruvchilar ruhan va aqlan sog’lom bo’lishlari kerak.
  3. Nomzod 18 yoshdan katta bo’lishi kerak.
  4. Nomzod Gong Kong hukumati tomonidan tan olingan oliygohlardan birining bakalavr, magistratura yoki PhD bosqichiga hujjat topshirgan/qabul qilingan bo’lishi zarur.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda (full time) o’qishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  7. Nomzod a’lochi, iqtidorli, umidli va yuqori potensialli bo’lishi zarur.
  8. Nomzod oliygoh/jamiyat rivojiga ijobiy hissa qo’shishi kerak.
  9. Nomzod yetakchilik qobiliyatiga ega bo’lishi va buni ko’rsatib bera olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturlariga hujjat topshirish jarayoni tanlangan oliygohga qarab turlicha bo’ladi.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. Yuqori maktab/bakalavr/magistrlik dilplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi.
  4. IELTS/TOEFL sertifikati.
  5. GRE/GMAT natijalari (agar talab etilsa).
  6. ACT/SAT srtifikati (ba’zi yo’nalishlar uchun).
  7. Nomzodning bo’lajak ilmiy rahbaridan tavsiyanoma (agar talab etilsa). Batafsil ma’lumot

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tillarida taqdim etilishi zarur. Tarjima qilingan hujjatlarning barchasi notarius orqali tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!