×

Gong Kong: Magistratura talabalari uchun toʻliq grant; stipendiya – 12 800 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

15.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

2622 marta

Gong Kongdagi Hong Kong Baptist University HKBU oliygohi oʻzining 2020-yil sentabrda boshlanadigan 1 yillik magistratura kurslaridan biriga  hujjat topshirgan nomzodlar uchun  International Postgraduate Scholarship (IPS) grant dasturini taklif etadi. Grantlar shu kurslarga qabul qilinadigan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi chet ellik talabalarni qoʻllab – quvvatlashdir. Grantlar quyidagi 8 yoʻnalish uchun ajratiladi:

  1. Master of Accountancy
  2. Master of Human Resources Management
  3. MSc in Applied Accounting & Finance
  4. MSc in Applied Economics
  5. MSc in Business Management
  6. MSc in Corporate Governance and Compliance
  7. MSc in Data Analytics and Business Economics
  8. MSc in Finance (FinTech and Financial Analytics)

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant gʻoliblarining oʻqish xarajatlari toʻliq toʻlab beriladi hamda kundalik xarajatlar uchun 100 000 HKD (taxminan 12 800 AQSh dollari) miqdorida mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Gong Kong yoki xitoylik boʻlmasligi kerak.
  2. Ariza beruvchilar sogʻlom boʻlishlari kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod yuqoridagi 8 yoʻnalishdan biri boʻyicha 1 yillik magistratura kursiga hujjat topshirgan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda (full time) oʻqishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  7. Nomzod arizani koʻrib chiqish uchun 450 HKD (taxminan 57 AQSh dollari) miqdoridagi toʻlovni amalga oshirishi zarur.
  8. Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Yuqoridagi 8 yoʻnalishdan biri boʻyicha magistratura kursiga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda dastur qatnashchisiga aylanadilar.

Oliygohning 2020-yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslariga qabul 2020-yil fevral-may oylarida (tanlangan yoʻnalishga qarab) nihoyasiga yetadi. Dedlayn muddatlari farq qilganligi uchun, shartli ravishda dedlayn – 2020-yil 15-fevral, deb olindi.  Nomzodlarga imkon qadar erta hujjat topshirishlari tavsiya etiladi.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr dilplomi, baholar.
  3. IELTS 6.5 TOEFL iBT 550 va undan baland.
  4. GRE/GMAT natijalari (agar talab etilsa).
  5. Tavsiyanoma.
  6. Nomzodning boʻlajak ilmiy rahbaridan tavsiyanoma (Academic Referee’s Report Form – hkbu_rpg@hkbu.edu.hk manziliga yuborilishi kerak. Hujjat namunasi bu yerda)

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tillarida taqdim etilishi zarur. Tarjima qilingan hujjatlarning barchasi notarius orqali tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Muhim sanalar:

  • Ariza sanasi: 2019-yil sentabrdan 2020-yil fevral-may oylarigacha.
  • Saralash: 2019-yil noyabr – 2020-yil may.
  • Suhbat: 2019-yil noyabr – 2020-yil may.
  • Dasturning boshlanishi: sentyabrning boshi

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: (852) 3411 5127

Fax: (852) 3411 5133

Email: gs@hkbu.edu.hk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!