×

Gonkong Malvern College: Boʻlajak liderlar uchun toʻliq grant dasturi!


Grant

MUHLAT

09.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

1602 marta

Gonkongda joylashgan Malvern College oliygohi tomonidan tashkil etilgan Sixth Form Leadership Scholarship for Academic Year 2021-22 dasturida qatnashishga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur oliygohing Sixth Form kurslariga oʻqishga kirgan eng salohiyatli, tashabbuskor yoshlarni boʻlajak liderlar etib tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning Sixth Form kursida oʻqish muddati davomida kontrakti toʻliq qoplanadi. Oliygoh kontrakt toʻlovlari haqida: shu yerdan ma’lumot oling.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod Malvern Collegening Sixth Form guruhiga oʻqishga kirgan boʻlishi
  • Nomzod, lider, fuqarolik jamiyati, siyosat, innovatsiyalarga qiziquvchi qiziquvchi boʻlishi kerak.
  • Nomzod oliygoh belgilagan yosh koʻrsatkichlariga mos kelishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo ingliz tilida a’lo darajada oʻqish va yozish koʻnikmalariga ega boʻlish talab qilinadi.
  • Nomzod barcha hujjatlarni ingliz tili yoki xitoy tilida topshirishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib topshiriladi.
  • Nomzod jamiyatning oʻzi uchun qiziq boʻlgan sohasini takomillashtirish va jahonni ijobiy tarafga oʻzgartira oladigan kuchli taraflarini, masalan, sport yoki san’at sohasidagi yutuqlarini koʻrsata olishi lozim.
  • Nomzod oʻziga qat’iy talablar qoʻya olishi va ongini rivojlantira olishi kerak.
  • Nomzod tirishqoqlik bilan oʻqish va ishlashga layoqatli boʻlishi zarur.
  • Nomzod shaxsiy qiziqishlari mavjud boʻlgan sohalarda tashabbus koʻrsatgani va sohani yaxshi tomonga oʻzgartirganini isbotlay olishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 9-oktabrgacha.

Hujjat topshirishdan avval: barcha ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing. Arizani: shu yerda onlayn tarzda toʻldiring.

Kerakli hujjatlar:

  1. Raqamli fotosurat. Surat oxirgi 3 oy ichida passport formatida, rangli olingan, tiniq boʻlishi, JPEG (.JPG) formatida, koʻpi bilan 800 kb hajmda, 40×50 mm, 600 dpi, 1200×1600 pixel boʻlishi kerak.
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: talabgorning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, pasport ma’lumotlari, ota va onasining pasportlari nusxalari, Gonkong vizasi haqidagi ma’lumotlari.
  3. Maktab (litsey, kollej)dan oxirgi 2 yillik, agar bor boʻlsa, joriy yil baholari ham.
  4. Agar bor boʻlsa, oliygoh nominatsiyalariga talabgorlik haqida sertifikat.
  5. Qoʻshimcha hujjatlar: masalan, psixolog hisoboti, qoʻshimcha dars oʻtgan oʻqituvchilardan, biror joyda ishlagan, volontyorlik qilgan boʻlsangiz, shu haqidagi ma’lumotnomalar. Ammo portfolio, ishlaringizdan namunalar joʻnatmang, ular koʻrib chiqilmaydi.
  6. Ariza toʻlovi. Bu summa 1800 HKD (taxminan 232USD)ni tashkil etadi. Toʻlovni amalga oshirayotganda «Malvern College Hong Kong Limited» deb belgilangan hisob raqamga pul toʻlang, shuningdek, toʻliq ism-sharifingiz, tugʻilgan kun, oy, yilni yozish hamda kontakt ma’lumotlaringizni chekning orqa tarafiga yozib qoʻyishingiz kerak.
  7. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  8. Hamma hujjatlarni pochta orqali quyidagi manzilga joʻnating:

Malvern College Hong Kong Admissions Office

14/F, Club Lusitano, 16 Ice House Street, Central, Hong Kong

  1. Arizangiz boʻyicha ma’lumot uchun: admissions@malverncollege.org.hk yoki +852 3898 4688 telefon raqamiga murojaat qilishungiz mumkin.
  2. Grantga ariza berish. Grantga arizani: shu yerdan yuklab olib toʻldirasiz. Unga: shu yerdan yuklab olingan shablon asosida tavsiyanoma hamda: shu yerdan yuklab olingan namuna asosida tayyorlangan rahbar tavsiyasini qoʻshib joʻnatiladi.
  3. 24-oktabrda onlayn test va yozma ish oʻtkaziladi. 14-noyabrdan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi. 28-noyabrda rahbarlar uchun stipendiantlar tanlash kuni, 18-dekabr natijalar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: admissions@malverncollege.org.hk manziliga yoki +852 3898 4688 telefon raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!