×

Gonkong Politexnika Universitetida 52 haftalik stajirovka dasturi; bepul turar joy va oylik 1 920 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

1885 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Gonkongning The Hong Kong Polytechnic University 18 dan 30 yoshgacha biznes administratorlarni Associate Instructor stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 52 hafta davomida Gonkongning The Hong Kong Polytechnic Universityning Faculty of Businessda Associate Instructor boʻlib ishlash imkonini beradi.. Dastur 52 hafta muddat davom etishi mumkin. Dastur 2019-yil 12-avgustdan 2020-yil 31-avgust oraligʻida bo`lib o`tadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Assist in delivery of weekly lectures and seminars focused on cultural/global education
  • Assist in handling seminar-related administration
  • Organizing activities for students (20-60 participants) whom he/she will also be responsible for
  • Handling administrative tasks including feedback, writing post-event reports, budgeting other duties
  • Assisting other staffs when requested in research projects, i.e editing texts, searching articles
  • Assisting the organization of academic and non-academic events of Faculty of Business and Department

Grant kimlar uchun?

18 dan 30 yoshgacha biznes administratorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta muddat davomida bepul turar joy ajratiladi hamda a oylik 1 920 USD stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod Business Administration mutaxassisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2-C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Event Planning, Business Intelligence, Internet Usage, Windows PC Usage, Consulting koʻnikmasiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-iyungacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol beriladi. Savolga javob bering va “Apply”ni bosing. Savoldan tashqari fanga ois test berilishi ham mumkin.

Eslatma:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning PolyUdagi vakilidan polyu@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; aiesec.polyu@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!