×

Gonkong: Siyosat va biznes sohasi mutaxassislari uchun 3 oylik dastur; barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi; joy – 16ta!


Grant

MUHLAT

21.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

1610 marta

Gonkongda joylashgan Asia Global Institute (AGI) oliygohi tomonidan tashkil etilgan AsiaGlobal Fellows Program dasturida qatnashishga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur AGIda boʻlib oʻtadi. Dasturda siyosiy fanlarga qiziquvchi, lider, biznes, fuqarolik jamiyati sohalariga qiziquvchi, kamida 8 yildan 25 yilgacha ish tajribasihga ega boʻlgan nomzodlar qatnashishi mumkin. Dastur davlat boshqaruv sohasiga faoliyat olib borish uchun Osiyo davlatlari muammolarini chuqur tushunadigan liderlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Dastur 2020-yil 24-avgustdan 20-noyabrgacha 3 oy davom etadi va unda 16 nafar ishtirokchi qatnashadi. Dastur oʻquv ma’ruzalari, oʻquv safarlari, muhokamalar va siyosiy sohada tajriba almashish kabilarni oʻz ichiga oladi.

Grant kimlar uchun?

Siyosat va biznes sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning 3 oy muddat davomida har oyga oylik stipendiya, turar joy va barcha oʻquv safar xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod kamida 8 yildan 25 yilgacha ish tajribasihga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod, lider, biznes, fuqarolik jamiyati, siyosiy fanlarga qiziquvchi qiziquvchi boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo ingliz tilida a’lo darajada oʻqish va yozish koʻnikmalariga ega boʻlish talab qilinadi.
  • Nomzod Osiyo hududi muammolari va ularning yechimiga qiziqish bildirishi zarur.
  • Nomzod oʻz jamiyati va jahonni ijobiy tarafga oʻzgartira oladigan kuchli taraflarini koʻrsata olishi lozim.
  • Dasturda qatnashish uchun ma’lumotlilik darajasiga talab qoʻyilmagan, ammo, magistr va undan yuqori daraja egasi boʻlish maqsadga muvofiq.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 21-fevralgacha.

Hujjat topshirishdan avval: barcha haqida ma’lumotlar hamda yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing. Arizani: shu yerda onlayn tarzda toʻldiring.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. 3ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni sizga qarindoshligi boʻlmagan, ammo sizni yaxshi biladigan va faoliyatingizdan xabari boʻlgan tavsiyachilar berishi kerak.
  3. Ariza shaklini toʻldirayotganda 3ta savolga javob berish va siyosiy sohadagi faolishatingiz haqida ham ma’lumot berishingiz kerak boʻladi.
  4. Dastlabki saralashdan oʻtgan nomzodlar Skype yoki boshqa usulda suhbatdan oʻtadilar.

Ariza toʻldirish jarayonida oliy ma’lumot diploma, til sertifikati kabi hujjatlar soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot uchun: savol-javoblarni oʻqib chiqing.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: agf.enquiry@hku.hk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!