×

Gonkongda 12 haftalik stajirovka; oylik 1 536 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

2852 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Gonkongning iAdvantage Limited korxonasi 18 dan 30 yoshgacha marketing sohasi mutaxassislarini Summer Intern – Salesstajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 12 hafta davomida Gonkong iAdvantage Limited korxonasida marketolog boʻlib ishlash imkonini beradi. Dastur 2019-yil 13-iyundan 2019-yil 30-avgust oraligʻida bo`lib o`tadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Monitor all approval queues within the quoting processes and escalate any delays
  • Manage the manual signature process and ensure contracts are stored and provided to customers
  • Handle the processing of all orders with accuracy and timeliness
  • Prepare sales reports and sales analysis for management review
  • Assist in the preparation and organizing of promotional material or events
  • Communicate and coordinate with the internal sales team and operations team to do an efficient job
  • Perform ad-hoc duties as assigned

Grant kimlar uchun?

18 dan 30 yoshgacha marketing sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 12 hafta davomida oylik 12 000 HKD (taxminan 1 536 USD) stipendiya beriladi.

Dastur nomzodning yashash va transport kabi xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning o`zi to`laydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod Marketing mutaxassisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod ingliz va xitoy tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz va xitoy tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2-C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Presentation Skills, Microsoft Excel, Microsoft Powerpoint, Microsoft Word koʻnikmasiga ega boʻlishi
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-avgustgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol beriladi. Savolga javob bering va “Apply”ni bosing. Savoldan tashqari fanga ois test berilishi ham mumkin.

Eslatma:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning HKUSTdagi vakilidan su_acust@connect.ust.hk manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; su_acust@connect.ust.hk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!