×

Muammoga yechim toping va 50000 AQSh dollargacha mukofot olib, tekin sayohat qiling!


Grant

MUHLAT

12.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

5331 marta

Google kompaniyasi tomonidan yoshlar uchun tashkillashtirilgan Google Science Fair musobaqasida qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda.  Musobaqa 13-18 yoshdagi o’quvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, uning maqsadi fan orqali hayotdagi muammolarni yechishga harakat qilayotgan va buning uddasidan ham chiqayotgan yoshlarni rag’batlantirish. Musobaqada quyidagi yo’nalishlardagi muammolar uchun topilgan yechimlar qabul qilinadi:

  • Environment
  • Tech
  • Robotics
  • Space
  • Health
  • Community
  • Food
  • AI (Artificial Intellegence)
  • Travel
  • Energy

Grant kimlar uchun?

13-18 yoshli o'quvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda o’nlab qatnashchilar taqdirlanadilar. Sovrinlar quyidagicha:

  1. Asosiy sovrin – 50000 AQSh dollari.
  2. LEGO kompaniyasidan 15000 AQSH dollarlik mukofot. Bunda sovrindor Daniyadagi LEGO kompaniyasiga sayohat qilishi va kompaniya bilan tanishishi ham mumkin bo’ladi.
  3. National Geographic’dan 15000 AQSh dollar mukofot va Galapagos orollariga ekspeditsiya qilish imkoniyati. Sovrindor qo’shimcha tarzda o’z g’oyasini amalga oshirish uchun bir yillik murabbiylik ko’magini olish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
  4. Scientific American’dan 15000 AQSh dollar mukofot va dunyo bo’ylab kemada olimlar bilan sayohatga chiqish imkoniyati.
  5. Virgin Galactic’dan 15000 AQSh dollarlik mukofot va Virgin Galactic’ka sayohat.
  6. LEGO Education’dan ta’lim uchun mo’ljallangan mahsulotlar uchun 5000 AQSh dollarlik mukofot.
  7. 20 nafar finalistlar tanlovdan keyin Google kompaniyasining bosh offisiga sayohat qilishadi.
  8. Turli hududlardan bo’lgan 100 nafar g’oliblarga esdalik sovg’alari topshiriladi.

Tanlovda jamoa bo’lib ishtirok etish ham mumkin. Agar g’olib jamoa bo’lib ishtirok etgan bo’lsa mukofot barcha a’zolar o’rtasida teng taqsimlanadi.

Talablar:

Tanlovda barcha 13-18 yoshdagi o’quvchilar qatnashishlari mumkin. Yagona shart – qatnashchi biror muammoga amaliy ilmiy yechim taklif qilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Musobaqada qatnashish uchun online ariza berish va ariza to’ldirish jarayonida so’ralgan ma’lumotlarni kiritish kerak.

Qatnashish uchun aynan nima qilishni bilmayapsizmi?
ushbu musobaqada qatnashish jarayoni yanada tushunarliroq bo’lishi uchun ixtiro yaratishning quyidagi 4 bosqichini tushunib oling:

  1. Muammoni topish. Bunda atrofingizga va dunyoda bo’layotgan ishlarni kuzatib, yashash tarzini qiyinlashtirayotgan vaziyatlarni sanang. O’zingiz yechim topmoqchi bo’lganini belgilab qo’ying. Bir paytlar shu musobaqa g’oliblaridan biri bo’lgan 18 yoshli Fransiya fuqarosi tongda uyg’otish uchun “budilnik”ning jiringlashi noqulay hol ekanligini qayd etishdan boshlagan edi.
  2. Muammoga yechim izlash. Bunda shu muammoni hale tishi mumin bo’lgan g’oyalarni o’ylashni boshlash kerak va eng yaxshi tuyilganini qayd etib qo’yish zarur. O’sha Fransiyalik bola uyg’onish uchun xushbo’y islar samaraliroq va yoqimliroq bo’lgan bo’lar edi, degan fikrda to’xtagan.
  3. Yechimni sinab ko’rish. Bunda faqat miyangizda tuzilgan ixtironi yasab yoki ishlatib ko’rish kerak bo’ladi. U o’z vazifasini qanchalik bajaryapti? Kamchiliklari bormi? Ishlarish uchun qanchalik qulay? Kamchilik va yutuqlari haqida nima deb o’ylaysiz?
  4. Ixtoroni ommaga tanishtirish. Siz kutgan yechimni bera oladigan ixtiro yaratgach, uni sinab ko’rib hammasini yakunlagach esa ixtironi ommaga tanishtirasiz. Ya’ni, parda ortidagi mehnatingizni hamma ko’radi. Google Science Fair musobaqasi ana shu so’nggi bosqichdir. Musobaqaga ixtironi o’ylab topgach qatnashish zarur. Muammoning yechimiga g’oyalaringizni Google’ga taqdim etsangiz va g’oyangizni kuchli deb topishsa, yuqorida ko’rsatilgan sovrinlar bilan bir qatorda, shu ixtironi ommalashtirish va ishga tushirish bo’yicha ko’mak ham berishadi. Fransiyalik ixtirochi bola ham g’olib chiqqanidan keyin Google unga online do’kon ochish va biznesini yo’lga qo’yish uchun yordam bergan.

Bu yerda o’tgan yilgi musobaqalarda g’olib chiqqan g’oyalar bilan tanishishingiz mumkin.  Bu yerda o’quvchilar uchun kerakli materiallar bor, bu yerda esa o’qituvchilar uchun kutubxona mavjud. Bu materiallardan albatta foydalaning! Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblarni ko’rib chiqishingiz mumkin. Loyihalarni muvaffaqqiyatli topshirish yo’riqnomasi esa bu yerda. Rasmiy nizom bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!