×

Irlandiya: Irlandiya universitetlarida 1 yil davomida oʻqish uchun grantlar; joy – 60 ta!


Grant

MUHLAT

24.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

8718 marta

Irlandiya Oliy taʼlim boshqarmasi 2023-2024-oʻquv yili uchun Irlandiya hukumatining xalqaro taʼlim grantlari (GOI-IES) dasturiga arizalar qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Dastur Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlatlarning fuqarolariga moʻljallangan boʻlib, tegishli Irlandiya universitetlarida istalgan sohada magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olish uchun 1 yillik toʻliq grant taqdim etadi.

Bu yilgi qabulda jami 60 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Dasturning maqsadi Irlandiya va boshqa davlatlar oʻrtasidagi aloqani mustahkamlashni maqsad qilgan.

Grant tegishli Irlandiya universitetlaridagi quyidagi oʻquv yillari (kurs) uchun:

  • 1 yillik magistratura dasturi (taught master’s degree) uchun yoki 2 yillik magistraturaning 1 yili uchun.
  • Aspirantura bosqichining 1 yili, yaʼni 2 yillik magistraturaning 1 yili yoki 3-4 yillik PhD bosqichining 1 yili uchun.

Nomzodlar ushbu grantga ariza topshiri uchun BU QOʻLLANMADA (Appendix 1) keltirilgan universitetlardan biriga qabul qilinishi / qabul qilingan boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Irlandiya universitetida 1 yil davomida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi va boshqa roʻyxatdan oʻtish toʻlovlaridan toʻliq ozod qilinadi.
  • Yashash va turar joy xarajatlarini qoplash uchun bir yilga 10 000 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlat fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Afgʻoniston fuqarolari ariza topshira oladi). Shuningdek, Buyuk Britaniya va Shveytsariya fuqarolari ham ushbu dasturga ariza topshira olmaydi.
  • Istalgan soha boʻyicha oʻqish uchn grantlar ajratiladi.
  • Nomzod tegishli oliy taʼlim muassasalariga ariza topshirishi va kamida bittasiga shartli yoki shartsiz ravishda qabul qilinishi kerak (yoki ariza topshirish vaqtida tegishli Irlandiya universitetlaridan birida tahsil olayotgan boʻlishi kerak). Grantga ariza topshirish vaqtida tegishli Irlandiya OTMlarining biriga yoki bir nechtasiga qabul qilinganlik haqida universitet tomonidan berilgan xatni ham yuklash soʻraladi. Shu sababli avval tegishli univeristet(lar) ariza topshirish lozim. Agar nomzod bir nechta dasturga qabul qilingan va har biri uchun ushbu grantga ariza topshirmoqchi boʻlsa, grant uchun arizalar har bir dastur uchun alohida topshiriladi. Ushbu grant ajratiladigan tegishli Irlandiya universitetlari roʻyxatini BU YERDAN topasiz (7-bet).
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tiliga qoʻyilgan talab universitet, yoʻnalish va bosqichga qarab farq qiladi.
  • Grantga nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
    – Akademik, shaxsiy, ijodiy va kasbiy (agar boʻlsa) salohiyatga egalik.
    – Yuqori muloqot koʻnikmalari.
    – Oʻqishdan tashqari mashgʻulotlar (masalan, gumanitar ishlar, mahalliy, milliy yoki xalqaro darajadagi siyosiy faoliyat, sanʼat, sport sohasidagi faoliyat va h.k.)
    – Irlandiyada 1 yillik oʻqishi uchun kuchli asosga (motivatsiyaga) egalik; bu asos GOI-IES granti nomzodning uzoq muddatli maqadlari uchun qay tarzda mos kelishini koʻrsatib berishi kerak.
  • Nomzod oʻqishni 2023-yil sentabr yoki oktabr oyida boshlashi kerak. Faqat PhD talabalari bu sanadan keyin oʻqishni boshlasa ham ushbu grantga nomzod sifatida koʻrib chiqilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod ushbu grant dasturiga ariza topshira olishi uchun dastlab tegishli Irlandiya universitetlariga ariza topshirishi (magistratura yoki PhD bosqichiga) va kamida bittasiga shartli yoki shartsiz ravishda qabul qilinishi kerak. Ushbu grant ajratiladigan tegishli Irlandiya universitetlari roʻyxatini BU YERDAN topasiz (7-bet). Nomzodlar grantga ariza topshirishda universitet tomonidan taqdim etilgan qabul xatini ham yuklashi kerak. Universitetlarning qabul talablari bilan ularning oʻz veb-saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Grantga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 24-mart 21:00 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda maxsus platforma orqali topshiriladi. Grantga ariza topshirish uchun dastlab ariza topshirish platformasida roʻyxatdan oʻtib (sign up), akkaunt yaratish kerak.

Arizalar ingliz tilida toʻldirilishi, tegishli savollarga javob berilib, soʻralgan hujjatlar yuklanishi kerak.

Yakuniy natijalar 2023-yil 1-iyungacha eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur boʻyicha qoʻllanma va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan goi-ies@hea.ie elektron manziligi murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!