×

Government Talent Selection Programme: Xitoyda barqaror qurilish ishi bo’yicha magistratura kursi uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1518 marta

Xitoyning Xi’an Jiaotong universiteti va AQShning Liverpool universiteti hamkorligida ochilgan, nufuzli Xi’an Jiaotong-Liverpool University tomonidan taqdim etiladigan Government Talent Selection Programme grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi Msc In Sustainable Construction magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi. Ushbu magistratura kursi barqaror taraqqiyot strategiyalarining qurilish ishi sohasiga ta’siri va zamonaviy texnologiyalar bo’yicha bilim beradi. Kurs full-time shaklida 18 oy davom etadi va XJTLU’ning Suzhou kampusida o’qitiladi. O’qish 2021-yil sentyabrda boshlanadi. 

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan to’liq ozod etiladi va 18 oy davomida stipendiya oladi. Xitoy tili kurslari ham tekin bo’ladi. 

Talablar:

  • Nomzod XJTLU universiteti MSc in Sustainable Construction magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod 2021-yil 1-sentyabr hisobiga ko’ra 30 yoshdan oshmasligi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan bakalavr kursi talablariga mos bo’lishi lozim.
  • Ariza topshirilayotgan vaqtda Xitoydan tashqarida yashayotgan bo’lishi kerak.
  • Magistratura kurslariga qabul uchun nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi yoki tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 5,0 yoki TOEFL IBT 62 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 1-iyunga qadar bu yerda qabul qilinadi. Savol bilan murojaat qilish uchun bu yerga bosing. Kerakli hujjatlar:

  • Diplom va baholar
  • IELTS/TOEFL sertifikati
  • Ikkita tavsiyanoma
  • Grant uchun motivatsiya inshosi
  • Shaxsiy bayon (personal statement).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!