×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 50%gacha grant


Grant

MUHLAT

01.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1757 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Warwick master of science (MSc) magistratura kurslari uchun ajratilgan WMG Excellence Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan iqtidorli va eng a’lochi talabalarga beriladi. Universitetdagi mavjud magistratura va doktorantura kurslari haqida ma’lumotlar bu yerda berilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

WMG Excellence Sholarships grant dasturi doirasida grant yutib olgan talabaning konktrak to’lovinng 25% dan 50% gacha qismi qoplab beriladi. Kurslar uchun kontrakt to’lovi 25870 funt sterlingni tashkil qiladi.

Talablar:

Grantlar Warwick universitetidagi magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan shaxslarga beriladi. Shuning uchun grantni yutib olish uchun nomzod avval o’qishga kirishi zarur. Grantning boshqa talablari quyidagicha:

  1. Nomzod fan, muhandislik, IT yoki menejment sohalarida bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nozmodlar akademik, ilmiy yoki tajriba masalalarida yutuqlarga erishgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod shaxs sifatida namunali bo’lishi, maqsadi, rejalari, sohasiga qiziqishi bo’lishi va o’zida kuchli yetakchilik sifatlarini namoyon qilishi zarur.
  4. Nomzod o’qishga kirgan kurs to’liq stavkali tizimda bo’lishi zarur (sirtqi yoki masofaviy yetkaziladigan kurs talabalariga grant berilmaydi).
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi grant uchun ham, kursga qabul uchun ham muhim – nomzodlar kamida IELTS 6.5 ball to’plagan bo’lishi shart. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza topshirish jarayoni:

  1. Ariza to’ldirish va 55 funt sterlingga teng ariza to’lovini amalga oshirish kerak.
  2. Shaxsiy bayonot topshirish zarur (arizaning tarkibiy qismi sifatida).
  3. Diplom va baholarni taqdim etish zarur.
  4. Ingliz tili testi natijasi ham arizaga qo’shiladi.
  5. Tavsiyanoma ham arizaga qo’shilishi zarur.

Grantga arizalar 2019-yil 1-aprelga qadar qabul qilinadi va natijalar 1-mayda e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun wmgmasters@warwick.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. undan tashqari, qo’shimcha ma’lumot olish uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz ham mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!