×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun qisman grant; joylar – 25 ta!


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2324 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sussex Universitetining Chancellor’s International Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi 2020-yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslariga qabul qilingan, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi hududiga kirmaydigan davlatlardan bo’lgan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 25 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chancellor’s International Scholarships grantini yutib olgan talabaga bir yillik kontrakt to’lovining 50 foizi to’lab  beriladi. Grant faqat bir o’qiv yili davomida amal qiladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya yoki Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlat fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Sussex Universitetining magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Quyidagi magistratura yo’nalishlariga GRANT AJRATILMAYDI:
    • Corruption, Law and Governance LLM (delivered in Qatar)
    • Development Studies MA
    • Early Years in Education MA
    • Globalisation, Business and Development MA
    • Governance, Development and Public Policy MA
    • Power, Participation and Social Change MA
    • Poverty and Development MA
    • Masters degrees in Social Work (if receiving a NHS bursary)
    • PGCE courses
    • Schools direct teaching courses
    • Any Masters funded by the research councils (e.g. those receiving ESRC 1+3 funding are not eligible)
    • Any Masters at Brighton and Sussex Medical School.
  1. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  3. Grant ulkan akademik va professional yutuqlarga ega talabaga beriladi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL talab qilinadi.
  5. Nomzod bakalavr diploma (darajasi)ga ega bo’lishi yoki bakalabr kursida o’qishni tamomlayotgan bo’lishi kerak.

Mazkur dasturga yiliga 1000dan ortiq arizalar kelib tushadi. Ulardan 25tasigina grant bilan taqdirlanadilar. Shu sababli, grantni yutib olish uchun nomzod akademik va kasbiy jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun nomzod 2020-yilning 1-mayidan kechiktirmasdan onlayn ariza topshirishi kerak. Dasturga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzod o’zining maqsadlari, rejalari, tanlangan yo’nalish bo’yicha tajribasi va kursni tugallagandan keyin shu sohada qanday ijobiy islohotlar qilmoqchiligini bayon etilgan shaxsiy bayonnomani ham to’ldirishi zarur.

Natijalar 2020-yilning 1-iyulida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS (6.5 va indan baland. Har bir bo’limdan kamida 6.0).
  3. Shaxsiy bayonnoma.
  4. Bakalavr diplom.
  5. Baholar.
  6. Passport nusxasi.
  7. Tibbiy ma’lumotnoma.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etilishi zarur.

Murojaat uchun:
e-mail: scholarships@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!