×

Gramin jamg’armasining bir yillik grant dasturi!


Grant

MUHLAT

31.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1803 marta

Umumiy ma’lumot:

Gramin jamg’armasi biznes va texnologiyadagi professionallarga ijtimoiy sektorda chuqur tajriba orttirish uchun  12 oylik grant dasturini taklif qiladi. Arizachilar sohasi, qiziqishi va tajribasiga qarab dunyoning turli davlatlariga, xususan, Osiyo (asosan, Hindiston, Filippin), Afrika (Uganda, Gana, Keniya), Lotin Amerikasi (Kolumbiya, Nikaragua) va Yaqin Sharq davlatlariga yuboriladi. Dastur davomida ishtirokchilar ijtimoiy innovatsiyalar ustida ishlaydi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Dastur ijtimoiy tadbirkorlikka qiziqqan, boshqaruv va strategiya bo’yicha yoki global biznes va start-ap korxonalar bo’yicha bilim va tajribaga ega shaxslar uchun ochiq. Dasturda butun dunyodan istalgan yoshdagi hamda istalgan sohadagi professionallar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan ma’lum ilmiy daraja yoki diplomga ega bo’lish talab qilinmaydi. Sog’liqni saqlash, moliyaviy xizmatlar, qishloq xo’jaligi, strategiya va boshqaruv konsalting xizmatlarida hamda global biznes va start-uplar bilan ishlashda tajribaga ega nomzodlarga afzallik beriladi.

Grant miqdori:

Grant dastur bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi. Ishtirokchilarga oylik stipendiya, tibbiy sug’urta beriladi. Viza va safar xarajatlari ham dastur tomonidan qoplanadi.  Oylik stipendiyaning miqdori ishtirokchi qaysi davlatga borishiga qarab farqlanadi.

Ariza topshirish tartibi:

  1. Yozma ariza anketasini to’ldirish – Unda tajribangiz va qiziqishlaringizni aniqlash uchun bir necha savollar beriladi. Ularni ingliz tilida to’ldirib topshirishingiz lozim. Ariza shaklini to’ldirish bo’yicha yo’riqnoma SHU YERDA;
  2. Rezyume (PDF shaklida bo’lishi kerak);
  3. To’ldirilgan ariza, rezyume hamda sizga tavsiyanoma beruvchi ikki shaxsning ma’lumotlarini onlayn shaklda SHU YERDA topshirasiz. Arizada qaysi davlatga borishni xohlashingizni bildirishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!