Toshkentdagi Amerika markazi jamiyatga ijobiy o’zgarish olib keladigan loyihalar uchun 2000 AQSH dollaridan 6000 AQSH dollarigacha grant taklif qilmoqda.
Grantlar quyidagi sohalarga oid loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi:
- Media Literacy (Media savodxonlik)
- Citizen Journalism (Fuqarolik jurnalizmi)
- STEM Programs (STEM dasturlari)
- Climate Literacy (Iqlim boʻyicha savodxonlik)
- Debates (Debatlar)
Yuqoridagi sohalar boʻyicha loyihalar nimalarga qaratilishi, nimalarni qamrab olishi kerakligi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin (“Grant from the American Center Tashkent” boʻlimini oching).
Grant kimlar uchun?
Barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Munosib loyihalarni moliyalashtirish uchun 2 ming AQSH dollaridan 6 ming AQSH dollarigacha mablagʻ ajratiladi.
Talablar:
Bu grantlar uchun barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari ariza topshirishi kerak. Hujjatlar toʻliq ingliz tilida toʻldirilgani sababli, ariza topshiruvchidan ingliz tilini yetarlicha bilish talab etiladi.
Nomzodlar jamiyat uchun ijobiy oʻzgarish olib keladigan loyiha gʻoyasiga ega boʻlishi va uni ariza shaklida tavsiflab berishi kerak.
Bu grantlar uchun jismoniy shaxslar ham, tashkilotlar ham ariza berishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi Tashkent-ACT@state.gov hujjatlarni elektron pochtasiga yuborishi lozim:
- Grantga ariza shakli – toʻldirilgan holda.
- CV (jismoniy shaxslar uchun) yoki arizachi tashkilot soʻrovnomasi (tashkilotlar uchun).
- SF424 shakli (tashkilotlar uchun: Federal yordam arizasi)
- SF424I shakli (jismoniy shaxslar uchun: Federal yordam arizasi)
- SF424A shakli (tashkilotlar uchun: budjet axboroti)
- SF424B shakli (tashkilotlar uchun: kafolatla)
- SF424B shakli(jismoniy shaxslar uchun: kafolatlar)
Yuqoridagi hujjatlarning barchasi ingliz tilida toʻldirilishi lozim.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing (“Grant from the American Center Tashkent” boʻlimini oching).
Savollar yuzasidan Tashkent-ACT@state.gov elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.