×

Toshkentdagi Amerika markazidan loyihalar uchun 2000 dollardan 6000 dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

20.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3310 marta

Toshkentdagi Amerika markazi jamiyatga ijobiy o’zgarish olib keladigan loyihalar uchun 2000 AQSH dollaridan 6000 AQSH dollarigacha grant taklif qilmoqda.

Grantlar quyidagi sohalarga oid loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi:

  • Media Literacy (Media savodxonlik)
  • Citizen Journalism (Fuqarolik jurnalizmi)
  • STEM Programs (STEM dasturlari)
  • Climate Literacy (Iqlim boʻyicha savodxonlik)
  • Debates (Debatlar)

Yuqoridagi sohalar boʻyicha loyihalar nimalarga qaratilishi, nimalarni qamrab olishi kerakligi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin (“Grant from the American Center Tashkent” boʻlimini oching).

Grant kimlar uchun?

Barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Munosib loyihalarni moliyalashtirish uchun 2 ming AQSH dollaridan 6 ming AQSH dollarigacha mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Bu grantlar uchun barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari ariza topshirishi kerak. Hujjatlar toʻliq ingliz tilida toʻldirilgani sababli, ariza topshiruvchidan ingliz tilini yetarlicha bilish talab etiladi.

Nomzodlar jamiyat uchun ijobiy oʻzgarish olib keladigan loyiha gʻoyasiga ega boʻlishi va uni ariza shaklida tavsiflab berishi kerak.

Bu grantlar uchun jismoniy shaxslar ham, tashkilotlar ham ariza berishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi Tashkent-ACT@state.gov hujjatlarni elektron pochtasiga yuborishi lozim:

Yuqoridagi hujjatlarning barchasi ingliz tilida toʻldirilishi lozim.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing (“Grant from the American Center Tashkent” boʻlimini oching).

Savollar yuzasidan Tashkent-ACT@state.gov elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!