×

AQSh: bakalavriat uchun 100% grant


Grant

MUHLAT

01.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4929 marta

AQShda joylashgan Vanderbilt University universitetining bakalavr kurslari uchun ajratilgan moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur tarkibidagi Ingram Scholars Program, Cornelius Vanderbilt Scholarship va Chancellor’s Scholars grant dasturlari doirasida Vanderbilt universiteti bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan talabalarga grantlar beriladi. Moddiy ta’minot dasturidan maqsad iqtidorli va eng umidli talabalarni qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Ingram Scholars Program grant dasturi doirasida grant taqdim etilgan talabaning o’qish kontrakti to’liq qoplab beriladi va unga bir marta yozgi xizmat loyihasini amalga oshirish uchun yetarli mablag’ ham ajratiladi. Grant yutib olgan talaba esa o’qish davomida har oy 20 soat davomida universitet ishlarida yordamlashishi va har yozda bittadan xizmat loyihasida ishtirok etishi kerak bo’ladi. Agar talabaning baholari 4 ballik GPA tizimida 3 balldan past bo’lmasa unda grant berish davom ettiriladi, agar u a’lo baholarga o’qimasa grant bekor qilinadi.
  2. Cornelius Vanderbilt Scholarship va Chancellor’s Scholars grant dasturlarining manfaatli jihatlari va shartlari bir xil – grant ajratilgan talabalarning kontrakt to’lovi to’liq qoplab beriladi va 2-kursdan keyin yozgi mashg’ulotlar uchun bir martalik stipendiya beriladi. Grant har yili berilishi uchun talabaning umumiy bahosi 4 ballik GPA tizimi bo’yicha kamida 3 ball bo’lishi kerak. Talabaning ehtiyojidan kelib chiqib unga qo’shimcha moddiy ta’minot ham ajratilishi mumkin.

Talablar:

Grantlarni yutib olish uchun nomzod Vanderbilt Universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Nomzodlarga qo’yiladgan asosiy talab – ular o’qishga ham, grantga ham ariza topshirgan bo’lishlari zarur.

Grantlar a’lo baholardan tashqari kuchli shaxsiyat, yetakchilik va tadbirkorlik qobiliyati, o’tkir fikrlash va shu kabi kuchli shaxsiy fazilatlarga ega nomzodlarga beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga hujjat topshirishdan oldin universitetning o’ziga o’qishga hujjatt topshirish kerak. buning uchun Coalition Application, Common Application yoki QuestBridge Application ariza tizimlari orqali ro’yxatdan o’tish kerak. ro’yxatdan o’tilgach, ikki kun ichida nomzodga  MyAppVU tizimida ariza yaratish uchun yo’riqnoma jo’natiladi. Shu ariza to’ldirilishi jarayonida grantga ham ariza beriladi, ya’ni grantlar bo’limida berilgan grantlar ro’yxatidan kerakli grant(lar) belgilanadi. Ariza qabul qilinganda yashil “ptichka” belgisi paydo bo’ladi. Agar belgi paydo bo’lmasa, demak ariza yetkazilishida muammo chiqqan bo’ladi, bu holda esa scholarships@vanderbilt.edu elektron manziliga murojaat qiling. MyAppVU’ga grant arizalarini PDF yoki word formatida joylash kerak.

O’qishga qabul uchun kerak hujjatlar:

  1. Arizani to’liq to’ldirish.
  2. 50 AQSh dollari to’lov.
  3. Kollej, litsey yoki yuqori maktab baholari.
  4. Tavsiyanomalar.
  5. ACT yoki SAT natijalari
  6. IELTS (kamida 7.0) yoki TOEFL (IBT kamida 100) natijalari.
  7. Bor bo’lsa, CSS profile. batafsil

O’qishga hujjatlar 2019-yil 1-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun:

Telefon: (615) 322-3591
Faks: (615) 343-8512
E-mail: scholarships@vanderbilt.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!