×

Green Youth for Central Asia: 6-11-sinf oʻquvchilari uchun videoroliklar tanlovi!


Grant

MUHLAT

27.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1130 marta

C5+1 Youth Council tashkioti Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan boʻlgan 6-11-sinf oʻquvchilari uchun “Green Youth for Central Asia” nomli videoroliklar tanlovini eʼlon qilid. Atrof-muhitga ijobiy taʼsir oʻtkazish ishtiyoqiga ega, oʻz maktabining ekologiyaga zararsiz madaniyatini namoyish qilishni va yosharning fikrlash tarzini oʻzgartirishga hissa qoʻshishni xohlovchi oʻquvchilar bu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga yakka tartibda yoki aʼzolari soni 3 kishidan oshmagan jamoa sifatida qatnashish mumkin.

Olinadigan videolar 3 daqiqadan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

5-11-sinf oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir davlatdan (Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻizton) uch nafardan gʻolib aniqlanadi va:

  • Bir nafar gʻolib (yoki gʻolib jamoa) C5+1 YC sovgʻalari hamda AQSHnin Qirgʻizistondagi elchixonasidan brendli mahsulotlar bilan mukofotlanadi.
  • Ikki nafar gʻolib (yoki gʻolib jamoa) Boshkek, Olmaota va Buxorodagi 1 kunlik bepul yozgi maktabda ishtirok etadi. Bunda yuqoridagi shaharlarga borish uchun transportni ishtirokchilarning oʻzi rejalashtirishi kerak.
  • Gʻoliblarning barchasi maxsus onlayn kursda qatnashadi va kurs mashgʻulotlari yakunlangach, faol ishtirokchilar C5+1 Youth Council tashkiloti tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish shartlari va talablari quyidagicha:

  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan boʻlgan 6-11-sinf oʻquvchilari qatnashishi mumkin.
  • Ishtirokchilar yakka tartibda yoki aʼzolari 3 kishidan oshmagan jamoa sifatida qatnashishi mumkin.
  • “Waste problem and environmental sustainability in Central Asia (Markaziy Osiyoda suv muammosi va ekologik barqarorlik)” mavzusidan 3 daqiqalik video olinishi, unda ishtirokchi(lar) maktabining bu boradagi saʼy-harkatlariga urgʻu berilishi kerak. Video ingliz tilida boʻlishi kerak.
  • Gʻoliblar “Green Youth” onlayn kursida qatnashishi kerak boʻladi.
  • Olingan video Instagramda #GreenYouthCA heshtegi bilan chop etilishi va videoda @youthcouncil_ca akkaunti teg qilinishi kerak. Video tavsifida ishtirokchi(lar)ning ismi va familiyasi, nechanchi sinf ekani, shahri, mamlakati va Telegram akkauntining foydalanuvchi nomi (username) yozilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Videolarni chop etishning oxirgi sanasi – 2023-yil 27-iyun. Tanlovda ishtirok etishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan greenyouthca@gmail.com email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!