×

Griffith University: Avstraliyadagi nufuzli universitetda 3 yilgacha bepul o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1921 marta

Avstraliyada joylashgan Griffith University tomonidan xorijlik talabalarga beriladigan Griffith University International Postgraduate Research Scholarship (GUIPRS) grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitetda o’qitiladigan doktorantura va tadqiqot bo’yicha magistratura (research master) kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi va eng iqtidorli talabalarga beriladi. Universitetda mavjud doktorantura va research master kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqot magistraturasi va doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

GUIRPS granti taqdim etilgan talabaga magistratura uchun 2 yil, doktorantura uchun 3 yil o’qish to’lovidan butunlay ozod etiladi. Undan tashqari, talaba va uning qaramog’idagi shaxs(lar) uchun Overseas Student Health Cover (OSHC) sug’urtasi xarajatlari qoplab beriladi.

PhD kursi uchun grant yutib olgan talabalar grant tomonidan moliyalashtiriladigan 3 yildan keyin yana 15 oy davom etadigan o’qish xarajatlarini o’zlari qoplashlari kerak bo’ladi.

Talablar:

  • Research master (tadqiqot bo’yicha magistratura) kurslariga qabul qilinish uchun nomzod bakalavr kursini yuqori baholarga tamomlagan bo’lishi, doktorantura kursi uchun esa magistratura kursini ham tugatgan bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Avstraliya universitetlaridagi tadqiqot kurslariga o’qishga qabul qilinish uchun nomzod ilgari o’qigan kurslarida ham tadqiqot olib borgan bo’lishi, ilmiy maqola va tadqiqot natijalari turli xalqaro jurnallarda chop etilgan bo’lishi zarur. Ayniqsa, research master kursiga o’qishga shunchaki 4 yillik bakalavr kursini tugatgandan so’ng o’qishga kirib bo’lmaydi. Nomzod bakalavr kursi davomida ham tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi va turli ilmiy maqolalari chop etilganligini ko’rsatishi zarur bo’ladi.
  • Nomzod o’qigan bakalavr va magistratura kurslari o’zi hujjat topshirgan magistratura yoki doktorantura kursi yo’nalishiga mos bo’lishi va u shu sohalar bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishi va tadqiqot tajribasi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun nomzod research master yoki doktorantura kursiga hujjat topshirishi kerak. Arizalar 2020-yil 15-sentyabrgacha qabul qilinadi. Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. O’zingiz uchun kerakli kursni toping. Kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
  2. Tadqiqot uchun mavzu tanlab, tadqiqot taklifi tayyorlang.
  3. Siz tanlagan mavzuda birga ish olib borish uchun ilmiy rahbar topib, u bilan bog’laning. Kursga qabul qilinish uchun Griffith universiteti tadqiqotchi professorlaridan biri sizga ilmiy rahbar-nazoratchi bo’lishga rozilik bildirishi kerak.
  4. Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlarni to’plang:
  • Pasport nusxasi;
  • Ingliz tili testi sertifikati;
  • Tadqiqot taklifi;
  • Ilmiy rahbar to’g’risida ma’lumot;
  • Diplom va baholar;
  • Barcha hujjatlar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.
  1. Oxirgi bosqich ariza topshirishdan iborat.

Ma’lumot uchun hdr-enquiry@griffith.edu.au elektron manziliga murojaat qiling.

Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil

Ariza topshirish yo’riqnomasi

Grant nizomi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!