×

Griffith University – barcha bosqichlar uchun 50 foizli grantlar


Grant

MUHLAT

17.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2241 marta

Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan Griffith University oliygohi 2020-yil iyulda boshlanadigan bakalavr va magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga Griffith Remarkable Scholarship grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir. Grantlar talabalarga o’zlari o’qiyotgan kursning oxirigacha beriladi (grantni uzaytirish shartlari bajarilgan taqdirda). Dastur talabalarning o’qish to’lovini to’lashga moddiy yordam berishni nazrda tutadi

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki PhD (coursework studies) bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga o’zi o’qiyotgan bosqich (bakalavr, magistratura) davomida kontrakt to’lovining 50 foizi to’lab beriladi.

Grantning keyingi o’quv yiliga uzaytirilishi uchun nomzodning har tirmestrda (ushbu oliygohda o’quv yili uch bo’limdan iborat) olgan baholari yig’indisi (GPA) kamida 5.5/7 bo’lishi lozim.

Griffith University oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod Avstraliya/Yangi Zellandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Griffith University’ning bakalavr/magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Grantlar o’qish davri davomida beriladi va faqatgina kontrakt to’lovini to’lashga mo’ljallangan.
  4. Nomzod o’zi tanlagan bosqichda kunduzgi (full time) tartibda o’qishi zarur.
  5. Nomzodning baholari yig’indisi (GPA) 5.5/7 yoki 3/4 dan yuqori bo’lishi kerak.
  6. Grantning keyingi o’quv yiliga uzaytirilishi uchun nomzodning har tirmestrda (ushbu oliygohda o’quv yili uch bo’limdan iborat) olgan baholari yig’indisi (GPA) kamida 5.5/7 bo’lishi lozim.
  7. Grantni yutib olgan nomzod o’qishni belgilangan muddatdan kechiktirishi mumkin emas. Agar ba’zi sabablarga ko’ra nomzod o’qishni vaqtida boshlamasa, stipendiya bekor qilinadi.
  8. Nomzodning universitetga qabul qilinganligi unga stipendiya ajratilishini kafolatlamaydi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar va grant nizomi bilan bu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod shu yilning 17-apreliga qadar onlayn arizani to’ldirishi zarur. Universitetning 2-trimestrda boshlanadigan kurslarning aksariyatiga hujjatlar qabul qilish 2020-yilning 3-iyunigacha davom etadi. Ammo grant dasturida qatnashishni xohlagan nomzodlar hujjatlarini may oyining boshlarigacha topshirishlari tavsiya etiiladi. Oliygohga hujjatlar onlayn tarzda yoki biror tashkilot (agent or provider) vositachiligida topshirilishi mumkin. Hujjatlar qabul qilish muhlatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant dasturiga topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar:

  1. Ariza. (Dasturga onlayn arizalar qabul qilinadi)
  2. Griffith University’ga qabul qilinganlik haqidagi hujjat nusxasi
  3. Nomzodning a’lochi ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar/baholar/diplom ilovalari nusxasi (GPA 5/7 yoki 3/4 bo’lishi talab etiladi)
  4. Shaxsiy bayonot (Personal Statement, 250-500 so’z atrofida)

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr bosqichi uchun yuqori maktab attestati.
  3. Magistratura bosqichi uchun bakalavr diplomi.
  4. PhD uchun magistrlik diplomi.
  5. Baholardan ko’chirma/diplom ilovasi.
  6. Tanlangan soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar talab etilsa).
  7. Tadqiqot rejasi (postgraduate bosqichi uchun).
  8. Tezis yoki u haqidagi qisqacha ma’lumot (postgraduate bosqichi uchun).
  9. Til sertifikatlari. IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 79 va undan baland. batafsil
  10. Ba’zi yonalishlar uchun portfolio, mehnat tajribasi, nomzodning sog’lig’I haqidagi tibbiy hulosa habi qo’shimch hujjatlar talab etilishi mumkin. batafsil

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +61 7 3735 6425

Web: https://studenthelp.secure.griffith.edu.au/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!