×

Griffith University: Excellence International Partner Articulation – barcha bosqichlar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

06.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1256 marta

Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University Excellence International Partner Articulation dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant universitetning bakalavriat va postgraduate coursework (magistratura yoki doktorantura) talabalariga beriladi. Grant uchtoʻrt yil davomida oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grantga ariza beradigan nomzod universitetning 2 yoki 3-trimestridan oʻqishni boshlashi kerak boʻladi.

Grant Griffith universitetida mavjud quydagi sohalarga qabul qilinuvchi/qilingan talabalarga beriladi:

Arts, Education and Law

  • Shandong University of Arts articulating into the Bachelor of Design (1189)
  • Shandong University of Art and Design articulating into the Master of Arts in Visual Arts (5663) or the Master of Design (5720).

Griffith Business School

  • Sri Lanka Institute of Information Technology articulating into any undergraduate business program
  • Green University articulating into the Bachelor of International Tourism and Hotel Management (1408 or 1409)
  • Australian College of Business and Technology articulating into the Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Hasanuddin University articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347) or Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Universitas Klabat articulating into the Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Trisakti University articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347) or Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Banking University of Ho Chi Minh City articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347), Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337) or Bachelor of International Business (1105 or 1107)
  • University of Economics Ho Chi Minh City articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347).

Health

  • Central China Normal University articulating into the Bachelor of Human Services (1098 or 1394) or Bachelor of Social Work (1282 or 1372)
  • Wuhan Sports University articulating into the Bachelor of Exercise Science (1171)
  • Singapore Polytechnics (Ngee Ann Polytechnic, Singapore Polytechnic, Nanyang Polytechnic, Republic Polytechnic and Temasek Polytechnic) articulating into any Griffith Health program.

Sciences

  • Ho Chi Minh City University of Technology articulating into Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546), Bachelor of Environmental Science (1543 or 1547) or Bachelor of Information Technology (1538 or 1539)
  • Nanjing University of Chinese Medicine articulating into the Bachelor of Biomolecular Science (Honours) (1540)
  • Zheng Zhou University of Light Industry articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) in Electrical and Electronic Engineering (1542 or 1546), or Bachelor of Information Technology (1538 or 1539)
  • China University of Mining and Technology articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546)
  • Shandong Jianzhu University articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546)
  • Nanchang Hangkong University articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546).

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 25% qismi oʻqish muddati tugaguncha toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  2. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak. GPA 4,0 dan 3,0 yoki 7,0 dan 5,5 ball talab qilinadi.
  3. Nomzod hujjat topshirayotgan kursga qarab oʻrta yoki oliy maʼlumot diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod Avstraliyada qabul qilingan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
  5. Nomzod universitetning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat, magistratura yoki doktorantura dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  7. Nomzod Avstraliyada oʻqish uchun talabalar vizasi talablariga javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 17-mayga (2-trimestr), 2019-yil 6-sentyabrga (3-trimestr) qadar qabul qilinadi. Dedlayn haqida batafsil: SHU YERDA.

Grantga ariza topshirishdan avval Griffith Universityning bakalavr yoki magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Dastlab, universitetga qabul uchun hujjat topshiramiz. Keyin esa grantga ariza beramiz. Grant beriladigan kurslar roʻyxati maqola boshida koʻrsatilgan.

Demak, Bachelor of Design” kursiga hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  1. Universitetning “Degree search” sahifasidan Bachelor of Design”ni topamiz.
  2. Bachelor of Design” sahifasiga kirib, barcha umumiy maʼlumotlar bilan tanishamiz. Maʼlumotlarni koʻrishdan oldin “International students” yozuvini bosish kerak.
  3. Course list and requirements boʻlimida oʻquv rejadagi fanlar va toʻplanadigan kreditlar miqdori berilgan.
  4. Chap tarafdan “How to apply” boʻlimini tanlaymiz. Bu sahifada hujjat topshirish ketma-ketligi koʻrsatilgan.
  5. Ariza topshirish onlayn tarzda QTAC ilovasi oqali amalga oshiriladi.
  6. Ilovaga kirib, barcha maʼlumotlar bilan tanishamiz. Oʻng tarafdagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Attestat/diplom nusxasi.
  2. Magistratura va doktorantura uchun bakalavr yoki magistr diplomi kerak boʻladi.
  3. Baholar varagʻi, yaʼni diplom ilova nusxasi.
  4. Magistratura va doktorantura uchun research proposal soʻralishi mumkin.
  5. Tanlangan kursga qarab SAT/GRE/ACT/LSAT va boshqa qoʻshimcha sertifikatlar talab qilinishi mumkin. Buni kurs sahifasidan aniqlang.
  6. Maxsus kirish imtihoni (STAT).
  7. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini bilish tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Bu haqida kurs sahifasida maʼlumot berilgan. Odatda kamida IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) soʻraladi.
  8. Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi. Masalan, qoʻshimcha sifatida tanlov, tadqiqot kabilarda ishtirok etganlik, gʻolib boʻlganlik haqidagi diplom va sertifikatlar talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grantga ariza 2019-yil 17-maygacha (2-trimestr uchun) onlayn tarzda toʻldiriladi va joʻnatiladi. 3-trimestr uchun esa dedlayn 6-sentyabrgacha.

Arizada quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:

  1. Shaxsiy maʼlumotlar (ism-sharif, biografik maʼlumotlar, manzil va hokazo).
  2. Akademik maʼlumotlar.
  3. Stipendiya haqidagi boʻlim.
  4. Checklist.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA. Tanlangan kurs va bosqichga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Bu haqidagi hamma maʼlumotlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Savollar tugʻilganda, kurs sahifasidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilib, aniqlang. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, notarial tasdiqlatish, undan soʻng joʻnatish zarur.

Nomzodlarni saralash:

  • akademik yutuqlari;
  • tirishqoqligi;
  • ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2-trimestr uchun 31-maygacha, 3-trimestr uchun 20-sentyabrgacha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

International Office

Griffith University

170 Kessels Road

Nathan Qld 4111

Australia

Telefon: 61737356425

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!