×

Gruziya: barcha xarajatlari qoplanadigan bir haftalik yozgi maktab; joy – 50 ta!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gruziya

O'QILGAN

7175 marta

Internaional Center for Migration Policy Development (ICMPD) markazi ENIGMMA hamda MOBILAZE bilan hamkorlikda barcha talaba va yosh mutahassislarni o’zining navbatdagi, 7-marta o’tkazilayotgan International Summer School on Migration yozgi maktabida qatnashish uchun ariza topshirishga taklif qiladi. Dasturda qatnashish istagidagi nomzodlar migratsiya, jurnalistika/media, xalqaro huquq, migratsion huquq, iqtisodiyot, demografiya, tarix yoki sotsiologiya yo’nalishida tahsil olishi yoki faoliyat yuritishi zarur. Yozgi maktab 2020-yilning 28-iyunidan 4-iyuligacha bo’lib o’tadi. Dastur davomida Oksford Universiteti, Sasseks Universiteti, Sarbonna Universiteti Iqtisodiyot Maktabi, Amsterdam Universiteti kabi dunyoning yetakchi oliygohlaridan soha bo’yicha mutahassislar ma’ruzalar o’tadilar. Bir haftalik yozgi maktanda ma’ruzalar asosan migratsiyani o’rganishga kirish, migratsiya va rivojlanish, migratsiya va iqtisodiyot, migrantlarning qabul qilinishi, migratsion qonunchilik mavzularida olib boriladi. Dastur davomida nafaqat ma’ruzalar, balki seminar, tadqiqot hamda amaliy mashg’ulotlar ham olib boriladi. Yozgi maktabga jami 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan barcha ishtirokchilar bepul turar joy bilan ta’minlanadi, borish-kelish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Yozgi maktab ishtirokchilar uchun bepul.

Talablar:

  1. Dasturga ro’yxatdagi davlat fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
  2. Nomzod migratsiya, jurnalistika/media, xalqaro huquq, migratsion huquq, iqtisodiyot, demografiya, tarix yoki sotsiologiya yo’nalishida tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan zarur.
  3. Nomzod talaba yoki yosh mutahassis bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabda qatnashish uchun nomzod ariza shaklini yuklab olishi, to’ldirishi hamda boshqa kerakli hujjatlar bilan birga onlayn tarzda 2020-yilning 31-martiga qadar summer-school@icmpd.org elektron manzili orqali yuborishi zarur. Saralash bosqichi natijalari 2020-yilning 30-aprelida faqat muvaffaqiyatli nomzodlargagina ma’lum qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza
  2. CV
  3. Til sertifikati (agar mavjud bo’lsa)
  4. Tavsiyanoma (ish yoki o’qish joyidan)

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan va shu yerdan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +43 1 504 4677 2444
Email: media@icmpd.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!