×

Gruziya: Jurnalistlar, OAVda ishlaydigan dizayner, dasturchi va jamoat faollari uchun 3 haftalik amaliyot dasturi; xarajatlar to‘liq yoki qisman qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gruziya

O'QILGAN

1282 marta

ForSet tashkiloti Gruziyaning Tbilisi shahrida boʻlib oʻtadigan ForSet Data Communication Fellowship amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Dasturda Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlari fuqarolari boʻlgan jurnalistlar, OAVda ishlaydigan dizayner, dasturchi va jamoat faollari qatnashishlari mumkin.

Dastur asosan ma’lumotlar bilan ishlash koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan. Dastur 3 hafta Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Dastur 2020-yil mart oyida boshlanadi, aniq sana tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar, OAVda ishlaydigan dizayner, dasturchi va jamoat faollari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan 6 nafar nomzodlarning barcha xarajatlari to‘liq yoki qisman qoplab beriladi.

Toʻliq qoplanadan grant 2 nafar nomzodning ikki tafarlama aviachipta, turar joy va yashash xarajatlarining barchasini qoplaydi.

Qisman qoplanadan grant 4 nafar nomzodning ikki tafarlama aviachipta, xarajatlarini qoplaydi. Turar joy va yashash xarajatlarini esa nomzodning oʻzzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak.
  2. Nomzod jurnalist, OAVda ma’lumotlar bilan ishlaydigan dizayner, dasturchi va jamoat faoli bo‘lishu mumkin.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Nomzod mart oyida Tbilisiga kelishi va 3 hafta davomida dasturda qatnasha olishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga 2020-yil 31-yanvargacha hujjat topshirish mumkin. Dasturda ishtirok etish uchun shu yerda anketani to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda berilgan ma’lumotlarni o‘qib chiqing.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Mariam Gamkharashviliga mariam@forset.ge manzili orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!