×

Gwangju Institute of Science and Technology: Koreyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

14.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

19909 marta

Janubiy Koreyada joylashgan Gwangju Institute of Science and Technology (GIST) universiteti aniq fanlar va texnologiyaga ixtisoslashgan universitet hisoblanadi. Universitet magistratura va doktorantura kurslari uchun beriladigan to’liq grantlar taklif qiladi. GIST universitetida mavjud barcha kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura (PhD) kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlar koʻrsatkichlariga qarab quyidagi grant turlaridan biri yoki bir nechtasini qoʻlga kiritshi mumkin:

  • Talaba o’qish to’lovidan ozod qilinadi. Ammo o’qish boshida 680 000 von (520 AQSh dollari) bir martalik to’lov amalga oshiriladi. Moliyaviy jihatdan yordamga muhtoj talabalar bu to’lovdan ozod etilishlari mumkin (ariza topshirish vaqtida buni ko’rsatib o’tish kerak).
  • Birinchi semestrda kamida 9 kredit yiqqan (2-4 ta fan o’qib, imtihonlarini muvaffaqqiyatli topshirgan) talabalarga magistratura kursi uchun 140 000 von (107 AQSh dollari), PhD kursi uchun 295 000 von (225 AQSh dollari) oylik stipendiya.
  • Birinchi semestrda olgan baholari o’rtachasi 4,5 balli GPA shkalasida 3,0 yoki undan yuqori bo’lgan talabalarga 120 000 von (91 AQSh dollari) oylik stipendiya beriladi.
  • Tadqiqot loyihalarida ishtirok etayotgan magistratura va PhD talabalariga yillik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori magistratura uchun 4 820 000 von (3683 AQSh dollari), doktorantura uchun 11 480 000 vonga (8773 AQSh dollari) teng.
  • Barcha talabalarga tibbiy sug’urta olish xarajatlarning 60% qismi qoplab beriladi va yilda bir marta tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
  • Talabalarga o’zlari yashaydigan davlatdan Janubiy Koreyaga kelish uchun aviachipta olib beriladi (qaytish uchun chipta olib berilmaydi).
  • Oyiga 100 000 von (taxminan 76 dollar) oziq-ovqat uchun mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod magistratura yoki PhD kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Magistratura kursiga qabul qilinish uchun nomzod tanlangan sohaga yaqin sohada bakalavr diplomiga ega bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  • PhD kursiga qabul qilinish uchun nomzod tanlangan sohaga yaqin sohada magistratura diplomiga ega bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  • Grantlar a’lochi va turli yutuqlarga erishgan nomzodlarga beriladi.
  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL 80 darajasida bilishi talab etiladi.
  • Qabul talablari fakultetlardan kelib chiqib bir-biridan farq qilishi mumkin. Batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

GIST grantlarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi, ma’lum magistratura yoki PhD kursiga hujjat topshirish kifoya. Agar o’qishga qabul qilinsangiz va grant talablariga mos bo’lsangiz, sizga grant belgilanadi.

GIST oliygohiga arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi:

  • Bahorgi semestr uchun hujjatlar har yili 15-oktabrgacha;
  • Kuzgi semestr uchun hujjatlar har yili 15-aprelgacha qabul qilinadi.

Hozirda eng yaqin boʻlgan qabul muddati 2023-yil 15-oktabr boʻlib, 2024-yilning bahorgi semestridan oʻqishni boshlashni xohlovchi nomzodlar shu sanagacha hujjat topshirishi mumkin.

Kurslarga hujjatlar quyidagicha topshiriladi:

1-qadam. Bu yerda onlayn ariza topshiring. Onlayn arizani toʻldirishda barcha soʻralgan hujjatlar yuklanishi kerak.

2-qadam. Barcha hujjatlar tasdiqlangandan keyin Xalqaro qabul komissiyasi koordinatori sizga xabar qiladi (onlayn ariza portalidagi “My Status” boʻlimini tekshirib turishingiz kerak).

3-qadam. Qabul natijalari kuzgi bahorgi semestr uchun 30-noyabrgacha, kuzgi semestr uchun 15-iyun atrofida nomzod ariza topshirishda kiritgan elekron pochta manziliga yuboriladi. Qabul qilingan nomzodlar qabul taklifi yuborilganidan boshlab 15 kun ichida taklifni qabul qilishi kerak.

Shundan soʻng taklifni qabul qilgan nomzodlar talaba sifatida roʻyxatdan oʻtadi va viza harakatini boshlaydi.

Qabul jarayoni va universiteti haqida savollaringiz bo’lsa, bu yerda keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Universiteti bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!