×

Hahnenkamm Races 2022 posterlar tanlovi: sport poygasi uchun poster tayyorlab, 5 500 yevroga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

15.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

789 marta

The Kitzbühel Ski Club va BTV tomonidan tashkil etilgan Hahnenkamm Races 2022 poygasi uchun posterlar tanlovi e’lon qilindi. Ushbu chang’I poygasi uchun 1987-yildan buyon mustaqil ijodkorlar tomonidan tanlov asosida posterlar tayyorlab kelinadi. Hahnenkamm poygasi xalqaro sport festivali maqomiga ega hamda tanlovda g’olib deb topilgan posterdan poygani chiptalar, turli veb saytlar va reklamalarda e’lon qilish maqsadida foydalaniladi. 

Tanlovga qabul qilingan va g’olib deb topilgan posterlar bilan tanishib chiqish istagida bo’lsangiz, bu yerga bosing. 

Grant kimlar uchun?

Poster tayyorlashni biladigan havaskor va professional ijodkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olibga 5 500 yevro pul mukofoti beriladi. Undan tashqari, g’olibga umumiy qiymati  3 500 yevroga teng bo’lgan poyga uchun chipta va poyga kunlari uchun turar joy hamda oziq ovqat xarajatlari qoplab beriladi. Yo’l xarajatlari ishtirokchi zimmasida bo’ladi.

Talablar:

  • Bitta ishtirokchi tanlovga 3 ta poster topshirishi mumkin. 
  • Tanlovga topshirilgan posterlar 86 x 59,4 sm o’lchamda va imzolangan bo’lishi zarur.
  • Posterlar jpg yoki pdf formatida bo’lishi mumkin.
  • Poster International Hahnenkamm Race poygasi ruhini aks ettirgan holda istalgan usulda tayyorlanishi mumkin.
  • Posterga matn, kalendar, turli logotiplar qo’shilishi mumkin bo’lishi kerak. 
  • G’olib tanlov tashkilotchilaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 15-dekabrgacha ushbu shaklni to’ldirib, poster bilan birga club@hahnenkamm.com elektron manziliga yuboring. Natijalar aprel oyida e’lon qilinadi.  Tanlovga ariza berish oldidan maxsus nizom bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!