Winning Writers sayti tomonidan har yili professional va havaskor shoirlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovga ingliz tilida yozilgan va 250 qatordan oshmagan hajviy she’rlar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish bepul.
Tanlovga arizalar har yili 15-avgustdan 1-aprelgacha qabul qilinadi.
Oʻtgan yilgi tanlov gʻoliblarining sheʼrlarini BU YERDA oʻqishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Havaskor va professional shoirlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- 1-o’rin uchun 2000 AQSh dollari, Duotrope platformasiga 2 yillik bepul obuna va Chill Subs platformasiga 5 yillik bepul obuna.
- 2-o’rin uchun 500 AQSh dollari va Chill Subs platformasiga 2 yillik bepul obuna.
- 3-oʻrin uchun 250 AQSH dollari va Chill Subs platformasiga 2 yillik bepul obuna.
- 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 AQSh dollaridan pul mukofoti va Chill Subs platformasiga 1 yillik bepul obuna beriladi.
Gʻolib boʻlgan 13 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.
Talablar:
Tanlovda qatnashish talablar quyidagicha:
- Tanlovda Rossiya, Belorus, Shimoliy Koreya va Erondan boshqa barcha mamlakatlarning fuqarolari qatnashishi mumkin.
- Tanlov uchun yosh chegarasi yo’q, istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.
- Tanlovga ingliz tilida yozilgan, hajmi (sarlavha va bo’sh qatorlarni qo’shmasdan hisoblaganda) 250 qatordan oshmagan hajviy she’rlar qabul qilinadi.
- Tanlovga qiziqarli ohangga ega, ammo mazmunsiz she’rlar ham qabul qilinadi (namuna).
- Tanlovga ilgari chop etilgan, turli tanlovlarga yuborilgan, shu tanlovdan boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan she’rlar ham qabul qilinadi. Faqat, shu tanlovda ilgari mukofotlangan she’rlar topshirilmasligi kerak.
- Boshqa tilda yozilgan she’rlarning muallifning o’zi tomonidan ingliz tiliga o’girilgan tarjimalari yuborilishi mumkin.
Tanlov qoidalari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga sheʼrlar har yili 15-avgustdan 1-aprelgacha qabul qilinadi. Navbatdagi tanlov uchun sheʼrlarni qabul qilish 2025-yilning 15-avgustidan boshlanadi va 2026-yilning 1-apreligacha davom etadi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar BU YERGA kirib arizani toʻldirib, oʻz sheʼrini ilova qilishi kerak. Ariza toʻldirishni boshlash uchun “Submit here” tugmasini bosing.
Tanlovda ishtirok etish bepul.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy saytdagi maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqing.




