×

Hajviy she’rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollarigacha!


Grant

MUHLAT

01.04.2025

QOLGAN VAQT

248 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

8072 marta

Winning Writers sayti tomonidan har yili professional va havaskor shoirlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovga ingliz tilida yozilgan va 250 qatordan oshmagan hajviy she’rlar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish bepul.

Tanlovga arizalar har yili 15-avgustdan 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun 2000 AQSh dollari va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
  • 2-o’rin uchun 500 AQSh dollari.
  • 3-oʻrin uchun 250 AQSH dollari
  • 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi. 

Gʻolib boʻlgan 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish talablar quyidagicha:

  • Tanlov uchun yosh chegarasi yo’q, istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.
  • Tanlovga ingliz tilida yozilgan, hajmi (sarlavha va bo’sh qatorlarni qo’shmasdan hisoblaganda) 250 qatordan oshmagan hajviy she’rlar qabul qilinadi.
  • Tanlovga qiziqarli ohangga ega, ammo mazmunsiz she’rlar ham qabul qilinadi (namuna)
  • Tanlovga ilgari chop etilgan, turli tanlovlarga yuborilgan, shu tanlovdan boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan she’rlar ham qabul qilinadi. Faqat, shu tanlovda ilgari mukofotlangan she’rlar topshirilmasligi kerak.
  • Boshqa tilda yozilgan she’rlarning muallifning o’zi tomonidan ingliz tiliga o’girilgan tarjimalari yuborilishi mumkin.
  • Tanlovda deyarli barcha davlat fuqarolari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham qatnasha oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga sheʼrlar har yili 15-avgustdan 1-aprelgacha qabul qilinadi. Navbatdagi tanlov uchun sheʼrlarni qabul qilish 2024-yilning 15-avgustidan boshlanadi va 2025-yilning 1-apreligacha davom etadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar BU YERGA kirib arizani toʻldirib, oʻz sheʼrini ilova qilishi kerak (faqat 2024-yil 15-avgustdan boshlab ariza toʻldirilishi va topshirilishi mumkin). Ariza toʻldirishni boshlash uchun “Submit here” tugmasini bosing.

Tanlovda ishtirok etish bepul.

Bundan avvalgi tanlovda gʻolib chiqqan sheʼrlar bilan BU YERDA tanishish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy saytdagi maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!