×

Hajviy she’rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 1000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

01.04.2021

QOLGAN VAQT

124 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

295 marta

Professional va havaskor shoirlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga ingliz tilida yozilgan va 250 satrdan oshmagan hajviy she’rlar qabul qilinadi. Tanlovda o’tgan yillarda g’olib chiqqan she’rlar bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun 1000 AQSh dollari
  • 2-o’rin uchun 500 AQSh dollari
  • 10 ta eng yaxshi she’rlar mualliflarining har biriga 100 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi. 

Barcha g’oliblarning she’rlari Winning Writers saytida e’lon qilinadi (rasmiy havolaga qarang)

Talablar:

  • Tanlov uchun yosh chegarasi yo’q.
  • Tanlovga ingliz tilida yozilgan, hajmi (sarlavha va bo’sh qatorlarni qo’shmasdan hisoblaganda) 250 qatordan oshmagan hajviy she’rlar qabul qilinadi.
  • Tanlovga qiziqarli ohangga ega, ammo mazmunsiz she’rlar ham qabul qilinadi (namuna)
  • Tanlovga ilgari chop etilgan, turli tanlovlarga yuborilgan, shu tanlovdan boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan she’rlar ham qabul qilinadi. Faqat, shu tanlovda ilgari mukofotlangan she’rlar topshirilmasligi kerak.
  • Boshqa tilda yozilgan she’rlarning muallifning o’zi tomonidan ingliz tiliga o’girilgan tarjimalari yuborilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 1-aprelga qadar ariza berish kerak. Arizalar bu yerda topshiriladi. Murojaat uchun adam@winningwriters.com manziliga ingliz tilida e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!