×

Hamline University: bakalavr kurslari uchun 22 000 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

865 marta

AQShda joylashgan Hamline universiteti tomonidan taqdim etiladigan Hamline International Excellence Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Hamline universiteti bakalavr kurslariga qabul qilingan eng iqtidorli xorijlik talabalar uchun ajratilgan. Universitetida mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar talabaning test natijalari, baholari, akademik va darsdan tashqari erishgan yutuqlari, motivatsiyasi va boshqalarga asosan belgilanadi. Grant hajmi 22 000 AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin. Kontrakt to’lovi qancha?

Nomzod o’qishning qolgan xarajatlari va yashash xarajatlarini o’zi qoplashi va bunga yetarli mablag’i borligini ko’rsatishi kerak.

Talablar:

  • Grantlar eng yuqori ko’rsatkichlarga ega nomzodlargagina beriladi, shuning uchun nomzodning maktab/kollej/litseyda olgan baholari va erishgan yutuqlari a’lo darajada bo’lishi kerak.
  • Nomzod Hamline universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 79 talab etiladi. Batafsil
  • O’qishga hujjat topshirishda nomzodning o’qituvchisidan bitta tavsiyanoma ham talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berilmaydi, bakalavr kursiga hujjat topshirish yetarli. Xorijlik nomzodlar 2021-yil bahorda boshlanadigan bakalavr kurslariga 1-noyabrgacha, 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslarga 1-fevralgacha hujjat topshirishlari mumkin. Hujjatlar bu yerda topshiriladi, ariza topshirish bepul. Savollaringiz bo’lsa, yoki qo’shimcha ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, admission@hamline.edu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!