×

HAN amaliy fanlar universiteti: Niderlandiyada bakalavriat va magistratura bosqichini oʻqish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1755 marta

Niderlandiyada joylashgan HAN amaliy fanlar universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchi Yevropa Ittifoqi / Yevropa iqtisodiy zonasi tarkibiga kirmaydigan davlatlarning fuqarolari uchun bir qancha HAN Holland grantlarini taklif etiladi. Grantlar universitetdagi ingliz tilida oʻqitiladigan istalgan bakalavriat va magistratura kursi uchun taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

HAN Holland grantini qoʻlga kiritganlarga quyidagi mablagʻ taqdim etiladi:

Bakalavriat uchun jami 12500 yevro. Bunda 1-semestrda 2500 yevro, 2-semestrda 2500 yevro va qolgan 3 oʻquv yilida har bir oʻquv yili uchun 2500 yevrodan boʻlib-boʻlib taqdim etiladi. Keyingi oʻquv yillarida mablagʻning tegishli qismini olish uchun talaba har yili 45 kredit toʻplab borishi kerak.

Magistratura uchun 5000 yevro. Bunda mablagʻ 1-semestrda 2500 yevro, 2-semestrda 2500 yevro qilib boʻlib beriladi.

Universitetdagi kontrakt summasi va boshqa xarajatlar bilan BU YERDA tanishing.

Talablar:

Mazkur granti qoʻlga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Yevropa Ittifoqi / Yevropa iqtisodiy zonasi tarkibiga kirmaydigan davlatlarning fuqarosi boʻlish.
  • Bundan oldin Niderlandiya universitetlarida daraja beruvchi dasturda oʻqimagan boʻlish.
  • HAN universitetida toʻliq ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat/magistratura dasturiga toʻliq oʻqish (full-time) asosida qabul qilingan boʻlish / qabul qilinish.
  • Kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 90 sertifikatiga ega boʻlish.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirib, qabul qilinish kerak. Shundan soʻng sizga grantga ariza topshirish taklifi mavjud email yuboriladi. Qabul yiliga 2 marta boʻladi va har ikkala qabul uchun ham mazkur grantga ariza topshirish mumkin:
    – Sentyabrda boshalanadigan oʻqish uchun qabul muddati – 1-aprel;
    – Fevralda boshlanadigan oʻqish uchun qabul muddati – 1-oktyabr.
  2. Grantga hujjatlarni tayyorlash. Qabul qilingach, grant uchun 3 ta hujjatni tayyorlash kerak:
    – Motivatsiya xati. Bunda siz nega muvaffaqiyatli HAN talabasi boʻlishingizni tushuntirasiz.
    – Oʻzingiz haqingizda 3 daqiqadan oshmaydigan video. Videoda quyidagi savollar ochib berilishi kerak:
    a) Describe yourself and the things you excel in
    b) What would your former teachers or your friends tell us about you?
    c) Tell us about your chosen course of study at HAN
    d) Imagine you’re working in a team. Based on your personality and/or experience, what role would you have and why?
    e) What are your career ambitions? What and where do you think you’ll be 10 years from now (professionally speaking)?
    – CV.
  3. Arizani topshirish. Emailda yuborilgan havolaga kirib, ariza shakli toʻldiriladi va 2-bandda koʻrsatilgan 3 ta hujjat ariza shaklida topshiriladi. Mazkur ariza quyidagi sanagacha topshirilishi lozim:
    – Sentyabrda boshlanadigan oʻqish uchun 1-maygacha;
    – Fevralda boshlanadigan oʻqish uchun 19-oktyabrgacha.
  4. Bildirishnoma. Ariza topshirilgach, quyidagi muddatda grant yutgan yoki yutmaganingiz haqida xabar qilinadi:
    – Sentyabrda boshlanadigan oʻqish uchun 20-maygacha;
    – Fevralda boshlanadigan oʻqish uchun 3-noyabrgacha.
  5. Grantni qabul qilish. Grant ajratilgandan soʻng uni yozma tarzda qabul qilish kerak boʻladi. Qabul qilish muddati grant ajratilgani haqidagi xatda koʻrsatilgan boʻladi.

MUHIM: Ariza topshirish harakatini boshlashdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasida ask@han.nl elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!