×

Hans Rausing Scholarship: Buyuk Britaniyada tarix bo’yicha magistratura va doktorantura uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2962 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan King’s College London universiteti tomonidan taqdim etiladigan Hans Rausing Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetning tarix yo’nalishidagi kurslarida o’qish uchun ajratilgan. Grantlar universitet qoshidagi Centre for the History of Science, Technology and Medicine (fan, texnologiya va tibbiyot tarixi markazi) tomonidan belgilanadi.

Grantni asosan doktorantura kurslari uchun yutib olish mumkin. Bunda hali magistratura kursida o’qimagan, ammo tadqiqot tajribasi va yuksak darajada bilimga ega nomzodlarga 1+3 ko’rinishidagi bir 1 magistratura, 3 yil doktorantura kurslari uchun grant berilishi mumkin. Talabaning baholari va ko’rsatkichlari pasayib ketmasligi sharti bilan u magistratura kursini tamomlab, qaytadan hujjat topshirmay turib, joy kafolatlangan holda doktorantura kursiga qabul qilinadi. Magistratura diplomiga ega nomzodlar esa to’g’ridan-to’g’ri 3 yillik doktorantura kursi uchun grant yutib olishlari mumkin. Grantlar fan va texnologiya tarixi yo’nalishida chuqur bilim, tadqiqot tajribasi va tadqiqot rejasiga ega bo’lgan eng kuchli nomzodlarga fan tarixi hamda texnologiya tarigi mavzularida tadqiqot qilish uchun beriladi. Tibbiyot tarixi bo’yicha tadqiqot olib borilmaydi. O’qish 2021-yil oktyabr oyida boshlanadi. 

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talaba o’qish to’lovidan (3 yil) to’liq ozod qilinadi va stipendiyaga ega bo’ladi. Stipendiya miqdori grant natijasi e’lon qilinganda ma’lum qilinadi. 

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, yuqori baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  • Fan va texnologiya tarixi bo’yicha tadqiqot tajribasiga ega bo’lishi, tadqiqot uchun sifatli va muhim mavzuga ega bo’lishi lozim.
  • Doktorantura kursiga hujjat topshirish uchun bakalavr diplomi va magistratura diplomi talab etiladi.
  • 1+3 (magistratura+doktorantura) kurslariga qabul uchun bakalavr diplomi talab etiladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 7,5 (har bir qismidan kamida 7,0), TOEFL IBT 109 (writing – 27, boshqa qismlar kamida 25) yoki boshqa test sertifikatlari talab etiladi. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza talab etilmaydi. Magistratura (1+3 kurslari uchun) va doktorantura kurslariga hujjat topshirgan nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Hujjat topshirish istagidagi nomzodlar tadqiqot olib borayotgan professor-o’qituvchilar bilan alohida bog’lanib, tadqiqot mavzulari haqida maslahatlashishlari kerak. Tadqiqot mavzulari muhokamasidan so’ng professor nomzodga ilmiy rahbarlik qilish istagi borligini bildiradi yoki shu mavzuga qiziqqan boshqa shaxslar haqida ma’lumot beradi. Hujjat topshirishdan avval nomzod o’ziga ilmiy rahbar topib, kelishib olgach, qanday hujjat topshirish haqida maslahatlar beriladi. Ilmiy rahbar bo’lishi mumkin bo’lgan shaxslarni bu yerdan yoki bu yerdan topishingiz mumkin. 

1+3 (magistratura+doktorantura) kurslariga hujjatlar bu yerda topshiriladi. 

Doktorantura kurslariga to’g’ridan-to’g’ri arizalar bu yerda topshiriladi. 

Barcha arizalar 2021-yil 15-martgacha qabul qilinadi. Murojaat uchun David.edgerton@kcl.ac.uk manziliga ingliz tilida e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!