×

Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

14.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

11452 marta

Hansen Leadership Institute – AQSHning San Diego universitetida har yili iyul oyida oʻtkaziladigan, bakalavriat va aspirantura (magistratura, PhD) talabalari uchun moʻljallangan 3 haftalik yozgi maktab dasturi.

Dasturning maqsadi talabalarni ziddiyatlarni hal qilish va dunyoning yaxshiroq kelajagini qurish uchun zaruriy yetakchilik koʻnikmalari bilan taʼminlashdan iborat.

Yozgi maktab mashgʻulotlari asosan quyidagi 3 ta koʻnikma/tajribani rivojlantirishga qaratilgan:

  • Yetakchilik
  • Mediatsiya va ziddiyatlarni hal qilish
  • Xalqaro hamkorlik

Yuqoridagi koʻnikma/tajribalar va ularni rivojlantirish mashgʻulotlari haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.

Yozgi maktab mashgʻulotlar sinfxonadagi turli seminar, amaliy vazifalardan tashqari muayyan joylarga (tarirxiy diqqatga sazovor joylar, bandargoh va h.k.) borish orqali ham oʻtkaziladi.

Dastur mashgʻulotlari toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

20-25 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
  • Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod dasturning boshlanish vaqtida (2024-yil 1-iyulda) 20 yoshdan kichik boʻlmasligi va 26 yoshga kirmagan boʻlishi kerak.
  • Dasturga bakalavriat va aspirantura (magistratura va PhD) talabalari ariza topshirishi mumkin.
  • Bakalavriat talabalari ariza topshirish vaqtida bakalavriatning kamida 2-kursini tamomlagan boʻlishi kerak.
  • Hamjamiyati, davlati yoki mintaqasida dars mashgʻulotlaridan tashqarida yetakchilik potensialini namoyish qilgan boʻlish kerak.
  • Xalqaro aloqalar, diplomatiya, xalqaro iqtisodiy rivojlanish va shu sohalarga aloqador boshqa sohada karyera qilishga qiziqish kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Biror akademik xodim nomzodning ingliz tili malakasi yetarli darajada yaxshi ekanini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
  • Dastur boshlangunga qadar xorijga chiqish pasporti va AQSH vizasini olishi kerak (viza uchun zaruriy barcha hujjatlar dastur tashkilotchilari tomonidan yuboriladi).
  • Avval AQSHda boʻlmagan nomzodlarga ustunlik beriladi. Bu avval AQSHda boʻlgan nomzodlar ariza topshira olmaydi degani emas, ular ham ariza topshira oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga xalqaro talabalardan arizalar 2024-yil 14-yanvargacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi (2024 International Scholarship).

Ariza topshirish uchun avval roʻyxatdan oʻtib, hisob yaratiladi (Create New Account). Shundan soʻng soʻralgan maʼlumotlar va hujjatlar kiritiladi hamda yuklanadi.

Ariza shakliga turli hujjatlarni (masalan, tavsiyanoma va h.k.) yuklash kerak. Aynan qanday hujjatlarni yuklash kerakligini roʻyxatdan oʻtgandan keyin koʻrib olishingiz mumkin. Bu kabi hujjatlarni tayyorlash vaqt talab qilganligi sababli, ertaroq roʻyxatdan oʻtib, hujjatlar bilan toʻliq tanishib chiqish tavsiya etiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollaringiz boʻlsa, BU YERDAGI murojaat shakli orqali  dastur tashkilotchilariga yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!