×

Harvard Kennedy School: Jurnalist, siyosatchi va professor-oʻqituvchilar uchun 4 oylik amaliyot dasturi; 40 000 AQSh dollar stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

07.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10088 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Garvard universiteti tarkibidagi Harvard Kennedy School oliygohi jurnalist, siyosatchi va professor-oʻqituvchilarni Joan Shorenstein Fellowship Program dasturida qatnashishga taklif etadi. Grant toʻrt oy (bir semestr) muddatga beriladi. Dasturga qabul qilingan nomzodlar shu vaqt ichida oʻzlarining tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi

Tadqiqot loyihasi – ichki yoki xalqaro arenada medianing siyosat yoki davlat siyosatiga taʼsirini oʻrganuvchi jurnal essesi, maqola yoki kitob bobiga oʻxshash uslubdagi tadqiqot ishi hisoblanadi.

Ishtirokchilar oliygohning Harvard Kennedy School Shorenstein Centerʼdagi ma’ruzalar va AQSh OAVlaridagi muhokamalarda ishtirok etadilar hamda oliygohlarda tashkil etilgan treninglarda qatnashadilar. Ishtirokchilar dastur davomida oʻz tadqiqot loyihasini yakunlashi kerak boʻladi.

Dasturda OAVda ishlaydigan jurnalistlar, siyosatchilar, jurnalistika yoki siyosiy fanlardan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar ishtirok eta oladi.

Mazkur dasturga har yili 2 marta qabul boʻladi. Qabul muddatlari quyidagi sanalargacha davom etadi:

  • 31-martgacha (sentyabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtadigan kuzgi semestr uchun);
  • 7-sentyabrgacha (fevral-may oylarida boʻlib oʻtadigan bahorgi semestr uchun).

Hozirda 2024-yilning sentabrida boshlanadigan dastur uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar, siyosatchilar, jurnalistika yoki siyosiy fanlardan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 40 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ 4 oy davomida har oy oxirida 4 ga boʻlib beriladi.
  • Ishtirokchilar ish maydoni (xonasi), kompyuter, telefon, Garvard email manzili hamda kutubxonalar va boshqa resurslarga kirish imkonini beruvchi Garvard ID hujjati beriladi.
  • Shuningdek, nomzodlar alohida haq evaziga assistent boʻlib ishlashlari mumkin (haftasi 10 soatdan).

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod bu dasturga ariza berish uchun oxirgi 2 yilda shu kabi grantlarda qatnashmagan boʻlishi kerak.
  3. OAVda ishlaydigan jurnalistlar, siyosatchilar, jurnalistika yoki siyosiy fanlar yoxud shunga oʻxshash fanlardan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar ariza topshira oladi. Bularning ayrimlaridan 10 yillik toʻliq stavkadagi ish tajribasi soʻraladi (aynan kimlardan soʻralishi haqida BU YERDA – Am I eligible? boʻlimida tanishing).
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Ona tilisi ingliz tili boʻlmagan nomzodlar IELTS yoki TOEFL sertifikatini topshirishi kerak (ball aniq belgilab qoʻyilmagan).
  5. Soha boʻyicha chuqur bilim va tajribaga ega boʻlish zarur.
  6. Liderlik, professional oʻsishga ishtiyoq va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega boʻlish lozim.
  7. Nomzod bir semestr (4 oy) davomida Massachusetsning Kembrij hududida yashashga tayyor boʻlishi kerak.
  8. Nomzod shu vaqt ichida Universitetdagi Markazdagi ma’ruzalar va AQSh OAVlaridagi muhokamalarda ishtirok etadilar hamda universitetlarda tashkil etilgan treninglarda qatnashishi kerak.
  9. Nomzod oʻziga topshirilgan vazifani aniq, toʻgʻri va professional darajada bajarishi kerak.

MUHIM: Talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan bu yerda. batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar yilda 2 marta qabul qilinadi. Hozir 2024-yil fevral oyida boshlanadigan dasturga ariza berish mumkin. Arizalar 2023-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Dasturga arizalar BU YERDA onlayn shaklda topshiriladi.

Hujjatlar tarkibi (ariza ichida tizimga yuklanadi):

  1. CV/resume.
  2. Oxirgi e’lon qilingan ishlardan (maqola, reportaj, siyosat takliflari, kitobdan namunalar va h.k.) namunalar. Namunalar fayl sifatida onlayn arizaga yuklanishi yoki ularga havola berilishi mumkin.
  3. 3 ta tavsiyanoma beradigan shaxslarning kontaktlari.
  4. Tadqiqot loyihasi taklifi (Research Project Proposal). 800 ta soʻzgacha yoziladi. Ushbu taklif dastur davomida yoziladigan ichki yoki xalqaro arenada medianing siyosat yoki davlat siyosatiga taʼsirini oʻrganuvchi jurnal essesi, maqola yoki kitob bobiga oʻxshash uslubdagi tadqiqot ishi boʻyicha yozilishi kerak.

Vaziyatga qarab, nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasʼmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan Liz Schwartzʼga  liz_schwartz@hks.harvard.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!