×

Harvard Radcliffe Fellowship Program: AQSHda 9 oylik amaliyot dasturi; yillik stipendiya – 78 ming dollar!


Grant

MUHLAT

03.10.2024

QOLGAN VAQT

68 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

18695 marta

AQSHda joylashgan mashhur Garvard universiteti tarkibidagi Harvard Radcliffe instituti turli soha vakillari uchun Harvard Radcliffe Fellowship dasturini taklif qiladi. Dasturga har yili oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va ular turli loyihalar ustida ish olib boradi.

Dastur 9 oy davom etadi. Hozirda 2025-yil sentyabr oyidan 2026-yil may oyigacha davom etadigan dasturga arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur 3 ta asosiy yoʻnalishda tadqiqot/ish olib borishga moʻljallangan:

  1. Gumanitar va ijtimoiy fanlar.
  2. Ilm-fan, muhandislik va matematika.
  3. Ijodiy sanʼat (bunga jurnalistika, sheʼriyat, badiiy va badiiy boʻlmagan adabiyot, film va video, vizual sanʼat, dramaturgiya, musiqa bastalash sohalari kiradi).

Dastur uchun Harvard Radcliffe instituti asosiy eʼtiborini qaratgan sohalarga oid takliflar qabul qilinadi. Bu sohalar quyidagilar (ingliz tilida keltirilmoqda):

  • Climate change, especially proposals addressing critical questions of impact and equity
  • Academic freedom and connecting across difference.

Oʻtgan yilgi ishtirokchilarning taqdimotlari BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Turli sohalar vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 9 oy uchun 78 ming AQSH dollari stipendiya beriladi.
  • Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari taqdim etiladi.
  • Koʻchish, oila aʼzolari uchun turar joy, bola parvarishi masalalari va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin.

Dastur taqdim etuvchi iqtisodiy imtiyozlar bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Talablar:

Nomzod qaysi sohada faoliyat yuritishidan qatʼi nazar, ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Nomzodlarni saralashda nomzod topshirgan kategoriya boʻyicha u erishgan yutuqlar hisobga olinadi.

Nomzodlar dasturda qatnashish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Istalgan davlat fuqarolari dasturga topshira oladi.

Shuningdek, har bir kategoriya boʻyicha nomzodga qoʻyilgan alohida talablar mavjud, ular bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur katgoriyalari boʻyicha arizalar qabul qilish muhlati quyidagicha:

  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar, Ijodiy sanʼat kategoriyalari uchun 2024-yilning 12-sentyabrigacha;
  • Ilm-fan, muhandislik va matematika kategoriyalari uchun 2024-yilning 3-oktyabrigacha arizalar qabul qilinadi.

Dasturga ariza topshirish uchun dastlab dastur saytida roʻyxatdan oʻtish lozim. Shundan soʻng soʻralgan maʼlumotlar va hujjatlar onlayn ariza shakliga yoziladi/yuklanadi.

Har bir kategoriya boʻyicha alohida talablar va alohida topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻplami mavjud. Ular bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Koʻp beriladigan savollar va ularga javoblarni BU YERDAN topasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!