×

Harvard Universiteti Biznes boshqaruvi bo’yicha magistratura (MBA) uchun to’liq grant e’lon qildi!


Grant

MUHLAT

31.05.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

59 marta

Harvard universiteti Biznes boshqaruvi magistratura darajasi dunyodagi yetakchi biznes dasturlaridan biri bo’lib, dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birida o’tiladi.

Boustany Foundation stipendiya dasturi har ikki yilda ikki yillik magistratura dasturlari uchun beriladi. Muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar ikki oylik amaliyotni Boustany Foundation’da o’tkazishi kutiladi. Amaliyotlar uchun stipendiya berilmaydi. Amaliyotlar Fond va uning hamkorlari belgilagan tartibda o’tadi. Amaliyot bilan bog’liq bo’lgan yo’l va turar joy xarajatlari fond tomonidan qoplanadi.

AQShlik bo’lmagan nomzodlar topshirishi mumkin. Nomzodlar mukammal akademik xarakteristikaga (excellent academic background) va ishonarli va’da (Considerable promise) berishi kerak. Ushbu stipendiya dasturiga universitetga qabul qilingandan keyin ariza topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

BIZNES BOSHQARUV MAGISTRATURA DARAJASINI OLUVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yillik 45,000$ miqdorida moliyaviy yordam. Amaliyot bilan bog’liq bo’lgan yo’l va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Hujjat topshirish tartibi:

Rezyume (rasm bilan), GMAT bali, Qabul xati (acceptance Letter) admissions@boustany-foundation.org manziliga jo’natiladi. Nomzodlar suhbatga chaqirilishi mumkin. Muvaffaqqiyatli nomzodlar iyunda e’lon qilinadi.

Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim: admissions@boustany-foundation.org

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDA olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!