×

Harvard University: Postdoktorlar uchun 70 000 AQSh dollar grant!


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2111 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Garvard universiteti Academy Scholars Program dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-oʻquv yilida universitet tarkibidagi Harvard Academy for International and Area Studiesda ilmiy izlanishlar olib borishni istagan, ijtimoiy fanlar va huquq sohasi PhD dissertatsiyasini himoya qilgan postdoktor tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya ikki yilga beriladi. Grantga nomzod AQSh va Kanadadan boshqa istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin. Grant har yili 4-6 nafar tadqiqotchiga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga ikki yil davomida bir yilga 70 000 USD miqdorida stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. AQSh va Kanadadan boshqa istalgan davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod ijtimoiy fanlar yoki huquq boʻyicha PhD diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ijtimoiy fanlar yoki huquq sohasida tadqiqot olib borishga tayyor boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  6. Nomzod PhD dissrtatsiyasini 2016-yil 30-sentabrdan keyin himoya qilgan boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldiring.
  2. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Yoʻllanma xat.
  2. CV/resume va nashr qilingan ishlar roʻyxati.
  3. Research proposal. 2500 ta soʻzgacha hajmda yoziladi.
  4. PhD dissertatsiyasi stenorammasi (transcript).
  5. 3 ta tavsiyanoma.

Barcha ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatda onlayn tizimga joylanadi. Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar dedlayndan keyin qisqa muddat ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: applicationinquiries@wcfia.harvard.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!