×

Harvard University: Tabiiy fanlar yoʻnalishi talabalari uchun yozgi amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

03.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2624 marta

AQShning Massachusets shtatida joylashgan Harvard Universitetining Harvard Stem Cell Institute (HSCI) tadqiqot instituti tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichida oʻqiyotgan mahalliy va xorijlik talabalarni HSCI Internship Program (HIP) yozgi amaliyot dasturida qatnashishga taklif etadi. Grant dasturiga ariza berish uchun nomzod bakalavr bosqichini 2020-yil dekabridan soʻng bitirishi va poya hujayralari biologiyasi (stem cell biology) mavzusiga kuchli qiziqish bildirishi kerak. Amaliyot dasturi 2020-yil 8-iyundan 14-avgustgacha davom etadi. Dastur davomida qatnashchilar mavzuga oid nazariy kurslar, labarotoriya tadqiqotlari, seminar va taqdimotlarda ishtirok etadilar. Dastur yakunidagi HIP Symposium`da barcha qatnashchilar tadqiqotlari natijasi haqida tayyorlagan taqdimotlari bilan ishtirok etishlari zarur.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblarning har biriga jami 5 000 (soliqlardan tashqari 4 300) AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ quyidagilar uchun sarflanishi zarur:

  • Safar xarajatlari.
  • Oziq-ovqat.
  • Shaxsiy xarajatlar.
  • Turar joy (on-campus) xarajatlari.

Eslatma: Chet ellik ishtirokchilar J-1 viza xarajatlarini va dastur davomidagi qoʻshimcha xarajatlarini oʻzlari qoplay olishlari zarur. Batafsil maʼlumot bu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod poya hujayralari biologiyasi (stem cell biology) mavzusiga kuchli qiziqish bildirishi kerak.
  • Nomzod bakalavr bosqichini 2020-yil dekabridan soʻng bitirishi kerak.
  • Nomzodning mavzuga oid amaliyot tajribasiga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
  • Oldin HSCI Summer Internship Program`da ishtirok etgan talabalar dasturga ariza bera olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Shu yer orqali Harvard XID`dan roʻyxatdan oʻtiladi.
  2. Shu yer orqali yozgi amaliyot dasturida qatnashish uchun ariza beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Baholardan koʻchirma.
  2. Resume/CV (tahminan 1 sahifa).
  3. 2 ta tavsiyanoma (tavsiya beruvchining imzosi bilan).
  4. Shaxsiy bayonot (750 soʻzdan iborat).

Hujjatlar ingliz tilida, PDF formatida boʻlishi zarur. Natijalar 2020-yil mart oyida e-mail orqali e’lon qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: maureen_herrmann@harvard.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!