×

AQSh: Garvard universitetida amaliyot; stipendiya – 4500 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

04.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3585 marta

AQShda joylashgan Garvard Universitetining Harvard Stem Cell Institute (HSCI) shu universitet va uning hamkorligidagi markazlarda faoliyat yuritadigan 1000dan ziyod eng kuchli olimlar tarmog’idir. Bu institut ildiz hujayra (stem cell) va uning tibbiyotdagi o’rnini va potensialini o’rganish maqsadida tashkil etilgan. Institutda hozirda dunyoning eng yetakchi biolog va olimlari faoliyat olib boradi.

Shu institut tomonidan tashkil etilgan amaliyot dasturi – Harvard Stem Cell Institute Internship Program (HIP) uchun hozirda arizalar qabul qilish boshlanmoqda. Ushbu amaliyot dasturi bakalavr kurslarining 2, 3 va 4-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan maqsad yosh iqtidorlarni aniqlash va ularga labaratoriyalarda tajribali mutaxassislar yonida ishlab tajriba hamdda amaliy ko’nikma orttirish imkoniyatini berish. Ushbu amaliyot dasturi mobaynida talaba biror mavzuda tadqiqot olib borishi, maxsus tadbirlarda o’z topilmalarini ulashishi va turli ma’ruzalarda, ilmiy trening va shu kabi mashg’ulotlarda ishtirok etadi. Amaliyot 2019-yil 10-iyundan 16-avgustgacha bo’ladi.

Amaliyot dasturlari orqali talabalar odatda nazariyaning amaliy taraflarini o’rganish, bilimlarini chuqurlashtirish va kelajakda shu soha bo’yicha yana izlanish olib borishadimi, yo’qmi o’ylab olishlarida muhim hisoblanadi. Shu maqsadda dunyoning ko’plab tashkilot, kompaniya va oliygohlari shu kabi amaliyot dasturlarini tashkil etib, talabalarga moddiy jihatdan ham yengillik berishga harakat qilishadi.

HIP dasturi doirasida ham talabalarga grant ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida tahsil olayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

HIP amaliyot dasturi ishtirokchisiga aylangan talabaga butun dastur uchun 4500 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi. Dastur doirasida boshqa turdagi moddiy ta’minot ajratilmagan. AQSh fuqarolari bo’lmagan qatnashchilar sug’urta xarajatlarini qoplay olishlari hamda oyiga kamida 2500 AQSh dollari qo’shimcha mablag’lari borligini ko’rsatishlari zarur (stipendiya oyiga 1800 AQSh dollaridan to’g’ri keladi). batafsil

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod bakalavr bosqichida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning o’qish yo’nalishi tabiiy fanlar yoki biologiya/tibbiyot bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  4. Nomzod ilgari HIP dasturida ishtirok etmagan bo’lishi zarur.
  5. Nomzod ildiz hujayrasi (stem cell) mavzusiga yuksak qiziqish bildirishi zarur.
  6. Nomzod ilgari biologiya labaratoriyasida tajriba orttirgan bo’lsa yanada yaxshi, lekin bu majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul bu yerda bo’ladi. Hujjat topshirish uchun shu sahifaga kirib, qidirv tugmasi orqali “Harvad Stem Cell Institute” deb qidiruv berish kerak. Ariza topshirishdan oldin bu yerdan saytga akses beruvchi “XID” olish kerak (bu mutlaqo tekin).  XID olish uchun bir sutka atrofida kutish kerak, shuning uchun bu ishni iloji boricha erta amalga oshirish kerak. Arizalar 2019-yil 4-fevralga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar (PDF formatida bo’lishi shart):

  1. Passport nusxasi.
  2. CV.
  3. Baholar.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Ushbu mavzuda motivatsion xat – “tell us about a glimpse of who you are beyond your academic achievements, and what your aspirations may be, and how a summer in a Harvard stem cell lab will help you reach your goals. Additionally, how do the traits of resiliency, tenacity and openness to experience figure in your life? Tell us your story

Ma’lumot uchun dastur yetakchisi Maureen Herrmannga maureen_herrmann@harvard.edu elektron manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!