×

Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlar uchun Vena texnologiya universitetida magistraturani toʻliq grant va stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

30.11.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

6998 marta

Helmut Veith Stipend dasturi Vena texnologiya universitetida kompyuter fanlari (Computer Sciences) sohasida magistratura bosqichini oʻqishni xohlovchi ayol-qizlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Ushbu stipendiya dasturiga arizalar har yili 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Bu dasturga ariza topshira olish uchun nomzodlar Vena texnologiyalar universitetidagi quyidagi magistrlik yoʻnalishlaridan biriga qabul qilinishi lozim:

Bu magistrlik kurslarining barchasi toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi.

Stipendiya dasturiga arizalarni magistrlik kursiga ariza topshrishdan oldin yoki magistrlik kursiga topshiriladigan ariza bilan bir vaqtda topshirish mumkin. Lekin stipendiya faqat yuqoridagi magistrlik kurslaridan biriga shartsiz (unconditionally) qabul qilingan talabalarga beriladi. Yaʼni siz stipendiyaning saralash bosqichidan oʻtsangiz, magistrlik kursiga qabul qilinmasangiz stipendiya ham berilmaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaydigan ayol-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu stipendiyani yutib olgan talabalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Kontrak summasini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi.
  • 2 yilgacha (magistratura bosqichi tugaguncha) yiliga 7000 yevro stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Mazkur stipendiya dasturiga ariza topshirish uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Dasturga faqat ayol-qizlar topshira oladi.
  • Nomzodlar oʻzlari tanlagan tegishli magistrlik kursining qabul talablariga mos boʻlishi lozim (talablar bilan tegishli magistrlik kursi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin).
  • Kompyuter fanlari yoki matematika sohasida bakalarvlik darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Quyidagi tadqiqot sohalaridan kamida bittasi boʻyicha keng matematik va texnik bilimga hamda qiziqishga ega boʻlishi kerak:
    – Logic in Computer Science
    – Formal Methods and Verification
    – Foundations of Artificial Intelligence
    – Algorithms and Complexity Theory
    – Computer Security
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Stipendiya tarkibiga kiruvchi barcha magistrlik yoʻnalishlari toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi. Odatda nomzoddan ingliz tilini kamida B2 darajada bilish talab etiladi.

Yuqoridagi magistrlik kurslaridan biriga shartsiz qabul qilingan va stipendiya tashkilotchilari tomonidan munosib deb topilgan talabalarga stipendiya ajratiladi.

Stipendiya sohibining koʻrsatkichlari 1-semestrdan keyin tekshiriladi. Agar ular belgilangan minimum talablardan past boʻlsa, stipendiya toʻxtatiladi. Belgilangan minimum talablar bilan BU YERDA tanishing. (Conditions).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar har yili 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Yaʼni bu yil ushbu stipendiya dasturiga hujjatlarni 2024-yil 30-noyabrgacha topshirish lozim.

Ushbu stiendiya dasturining bu yilgi qabulida 2024-2025-oʻquv yilining qishki yoki 2025-yil yozgi semestridan oʻqishni boshlash uchun ariza topshirish mumkin.

Eʼtibor qiling: Vena texnologiya universitetidagi magistrlik kurslariga qabul sanalari ushbu grantga qabul sanasidan farq qiladi. Jumladan:

  • 2024-2025-oʻquv yili qishki semestrdan oʻqishni boshlash uchun arizalar 2024-yil 16-yanvardan 2024-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.
  • 2025-yil yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun arizalar 2024-yil 16-iyuldan 2025-yil 15-yanvarcha qabul qilinadi.

Stipendiya uchun topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar:

  • Talaba ariza topshirayotgan moliyalashtirish (stipendiya) turi (bunda Helmut Veith Stipend yoziladi) va talaba arizaga tegishli deb hisoblagan boshqa jihatlar tasvirlangan biriktirilgan xat (Cover Letter).
  • CV.
  • Motivatsiya xati. Bunda talaba oʻzi tanlagan yoʻnalishni nega tanlagani, nega stipendiya kerakligi, magistrlik disertatsiyasi davomida tanlangan fakultetning qaysi guruhlari bilan birga ishlashni va buning sababini yoritib berishi kerak.
  • Universitetda olingan baholar.
  • Bakalavrlik yoki undan yuqori darajadagi diplom. Talaba hali universitetni bitirmagan boʻlsa, talaba oʻqiyotgan universitet muhri va masʼul shaxsning imzosi tushirilgan hamda talabaning oʻqishni tugatish sanasi yozilgan maʼlumotnoma taqdim etiladi.
  • 2 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari.
  • Ingliz tili sertifikati (ELTS, TOEFL yoki boshqa).
  • Pasport nusxasi.

Yuqoridagi hujjatlar ingliz yoki nemis tilida boʻlmasa, ularning ingliz tiliga tasdiqlangan tarjimasi topshirilishi lozim.

Yuqorida sanalgan hujjatlar anna.prianichnikova@tuwien.ac.at elektron pochtasiga bitta PDF fayl shaklida yuborilishi kerak. Email mavzuzisga (subject) “Application” deb yozish kerak. PDF fayl nomi “document.pdf” deb nomlanishi kerak.

Magistraturaga qabul talablari va tartibi bilan yuqorida keltirilgan kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirish harakatini boshlashdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan anna.prianichnikova@tuwien.ac.at elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!