×

Henry Moore Foundation fondi grantlari: haykaltaroshlik bo’yicha tadqiqot va loyihalar uchun 20 000 funt sterlinggacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1092 marta

Haykaltaroshlikni rivojlantirish maqsadida Henry Moore Foundation fondi grantlariga arizalarning keyingi qabul tez orada ochiladi. Dastur doirasida haykaltaroshlikka oid loyihalarni moliyalashtirish uchun grant yutib olish mumkin. Mavjud grantlar quyidagilar:

  1. Haykaltaroshlikni rivojlantirish va yangicha yondashuvga qaratilgan ko’rgazmalar va komissiyalar uchun 20 000 funt sterlinggacha grant ajratiladi.
  2. Haykaltaroshlikni rivojlantirish maqsadidagi loyiha va tadqiqot ishlari uchun shaxslar hamda tashkilotlarga 2500-20000 funt sterling grant ajratiladi. Bunda uzoq muddatli tadqiqot olib borish uchun tashkilotlarga “long-term research” grantlari (20 000 funt sterlinggacha); yakka tartibdagi, magistraturani tamomlagan tadqiqotchi olimlarga tadqiqot, safar va boshqa xarajatlari uchun “research and travel” grantlari (2500 funt sterlinggacha) beriladi.
  3. Haykaltaroshlik, uni rivojlantirish va yangi usulda o’rganishga qaratilgan konferensiya, ma’ruza va nashrlar uchun grantlar 5 000 funt sterlinggacha grant beriladi.
  4. Haykaltaroshlik obyektlarini o’zlashtirish va kolleksiya qilish maqsadida muzeylarga 20 000 funt sterlinggacha grant ajratiladi.
  5. Postdoktorlik tadqiqoti uchun PhD darajasiga ega tadqiqotchilarga ham ma’lum miqdorda grant ajratiladi. Grant miqdori hozir ko’rib chiqilmoqda va tez orada ma’lum qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Haykaltaroshlikni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot va loyiha tashkilotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Loyihalarga 2500 funt sterlingdan 20 000 funt sterlinggacha moddiy yordam ajratiladi. Har bir turdagi grant miqdorlari yuqorida ko’rsatilgan.

Talablar:

  • Grantlar dunyo bo’ylab istalgan hududda olib boriladigan loyihalar uchun berilishi mumkin.
  • Grant uchun topshirilgan loyihalar haykaltaroshlik ilmi rivojiga qo’shadigan hissasi (1), ommaning haykaltaroshlik haqidagi tasavvur va bilimini oshirishga qo’shadigan hissasi (2), haykaltaroshlikni (va uning tarixini) yangicha talqin qilishi (3), ijodiy sifati (4) va moliyaviy rejalashtirish darajasi (5) asosida baholanadi.
  • Grantlar asosan tashkilot va muassasalarga beriladi. Research and travel granti tadqiqotchining o’ziga beriladi, lekin boshqa grantlarni yutib olish uchun loyihani tashkil qilgan tashkilot nomidan ariza topshirish kerak. Grant ham tashkilot hisobiga o’tkaziladi.
  • Grant uchun topshirilgan loyiha hujjat topshirishning so’nggi kunidan boshlab  6 oy yoki undan ko’p vaqt o’tgandan keyin boshlanishi rejalashtirilgan bo’lishi zarur.
  • Grant talablari bilan batafsil bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar yiliga 4 marta – 25-fevralgacha, 20-maygacha, 9-sentyabrgacha va 9-dekabrgacha qabul qilinadi. Keyingi qabul 20-maygacha davom etadi. 25-fevralgacha bo’lgan qabul yaqinda yopilgani sababli, keyingi qabulgacha qisqa muddatli tanaffus bo’ladi. Hujjat topshirish niyatidagilar rasmiy saytni tekshirib turishi tavsiya etiladi.

Arizani bu yerda topshirish mumkin. Qabul ochilganda arizani to’ldirish mumkin bo’ladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!