×

Hertie School: Germaniyada magistratura kurslari uchun 34 500 yevrogacha grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2018 marta

Germaniyada joylashgan Hertie School universiteti davlat boshqaruviga ixtisoslashgan. Universitetda davlat boshqaruvi, xalqaro aloqalar, ma’lumot bilan ishlash (data science) kabi yo’nalishlarda magistratura kurslari mavjud. Magistratura kurslariga har bir yo’nalish uchun turli xil grantlar ajratilgan. Grant miqdori grant dasturidan kelib chiqib belgilangan. Hozirda 2021-yil kuzda boshlanadigan magistratura kurslari va grantlarga arizalar qabuli davom etmoqda. Barcha magistratura kurslari ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Hertie School magistratura kurslari uchun har bir fakultet bo’yicha turli nom va miqdorga ega grant dasturlari belgilangan. Barcha grantlar yirik miqdordagi, talabani moddiy jihatdan ancha yaxshi qo’llab-quvvatlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Grant miqdori 34 500 yevro yoki undan kam bo’lishi mumkin va odatda kontrakt to’lovini butunlay qoplashga yetadi.

Talablar:

  • Nomzod iqtisod, siyosatshunoslik, huquq, davlat boshqaruvi, sotsiologiya, menejment va davlat boshqaruviga aloqador bo’lgan sohalarda bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi yoki 2021-yil yozgacha tamomlashi kerak.
  • Nomzodning baholari, yutuqlari va akademik layoqati yuqori darajada bo’lishi kerak. Grantlar eng iqtidorli nomzodlarga belgilanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS, TOEFL kabi testlardan aynan necha ball talab etilishini bilish uchun bu yerdagi kurslardan keraklisini tanlab, ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun kerakli magistratura kursiga ariza to’ldirish jarayonida grantga oid savollarga ham javob yozib ketish kifoya. Magistratura kurslariga qabul qaysi kursga hujjat topshirilishidan kelib chiqib qish, bahor va yoz oylarigacha davom etadi. 

Hujjat topshirish tartibi:

  1. Bu yerda kerakli magistratura kursini tanlang.
  2. Kursga hujjatlar qachongacha qabul qilinishini tekshiring. Hozir barcha kurslarga qabul ochiq.
  3. Shu kursga topshiriladigan hujjatlar ro’yxati bilan tanishib chiqing va hujjatlarni tayyorlang. Odatda baholar, diplom, CV, ingliz tili testi sertifikati va motivatsiya inshosi so’raladi. Boshqa hujjatlarni kurs sahifasidan aniqlashtirib oling.
  4. “Apply” tugmasini bosib, arizani onlayn to’ldirishni boshlang.
  5. Kurs sahifasidagi hujjat topshirishga oid ma’lumotlar asosida arizani to’g’ri to’ldirganingizga ishonch hosil qiling. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!