Xalqaro jurnalistlar markazi (International Center for Journalists) «Women’s, Children’s and Adolescents’ Health: A Program for Young International Journalists» nomli xalqaro konferensiyaga yosh jurnalistlardan arizalar qabul qilmoqda. Konferensiya 2018-yilning 11-14-dekabr kunlari Hindiston poytaxti Dehlida bo’lib o’tadi. Ushbu konferensiyadan maqsad – ayollar, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini saqlash muammolariga nisbatan ogohlikni ta’minlash, shu sohani yorituvchi jurnalistlar orqali muammoni hamda uning yechimlarini kengroq yoritish.
Konferensiyada 25-30 nafar xalqaro jurnalist qatnashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ayollar, yoshlar va o’smirlar sog’lig’ini saqlash sohasini quvvatlovchi tashkilot vakillari ishtirok etadi.
Grant kimlar uchun?
Yosh jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Konferesniyada qatnashish uchun saralab olingan jurnalistlar quyidai iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Hindistonga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi.
- Hindistonda turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nozmod 30 yoshdan oshmagan, ayollar, bolalar va o’smirlar sog’lini saqlash masalasida tajribasi bor professional jurnalist bo’lishi kerak.
- Nomzodda omma oldida chiqish qilish tajriabsi bo’lishi kerak.
- Konferensiya tili – ingliz, fransuz va ispan tillari. Nomzod ushbu tillardan birini bilish kerak.
- Talabalr ushbu konferensiyaga ariza topshira olmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar onlayn tarda topshiriladi. Nomzod onlayn arizada berilgan barcha savollarga javob berishi hamda 15-30 soniyali video joylashi kerak. Videoda nomzod ushbu konferensiyaga o’zining nega mosligi haqida izoh beradi.