×

Hindiston: Marketing boʻyicha 24 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va 364 AQSh dollar stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

19.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Hindiston

O'QILGAN

1206 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Hindistonning Ahmadobod shahrida joylashgan Accumax Lab Devices (P) LTD 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan marketing sohasi mutaxassislarini [Marketing] Marketing Executive Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Hindistonning Ahmadobod shahrida joylashgan Accumax Lab Devices (P) LTDda savdo va marketing bilan shugʻullanadi. Dastur 2019-yil 1-avgustdan 2020-yil 31-yanvar oraligʻida 24 hafta davom etadi. Darsturga nomzod ingliz, arab va fransuz tillarini bilishi kerak. Nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Data Mining and International Market Research
  • Running online Marketing campaign
  • Regional Branding and Marketing Activities (For Middle East and Francophone Africa)
  • Communicate with existing global customers
  • Identifying new business opportunities and reaching out to them
  • Help company to develop Sales and Marketing
  • Strategies for Middle East and Francophone Africa Market.

Grant kimlar uchun?

18 -30 yoshli marketing sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 24 hafta davomida bepul turar joy, kompyuter va 2 mahal oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 25 000 INR ( taxminan 364 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 -30 yoshda boʻlishi kerak.
  • Nomzod Marketing sohasi boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz, arab va fransuz tillarini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  • Nomzod Digital Marketing koʻnikmasiga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod 6 oylik Internship Visa (I type) yoki Student Visa rasmiylashtirishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 19-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Eslatma:

  • Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak.
  • Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Ahmadoboddagi vakilidan jay.bhandari@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; jay.bhandari@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!