×

Hindiston: Marketing boʻyicha 52 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va 362 AQSh dollar stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

29.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Hindiston

O'QILGAN

1737 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan Stylo Media Pvt.Ltd 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan marketing sohasi mutaxassislarini Marketing Executive Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan Stylo Media Pvt.Ltdda savdo va marketing bilan shugʻullanadi. Dastur 2019-yil 10-avgustdan 2020-yil 10-avgust oraligʻida 52 hafta davom etadi. Darsturga nomzod ingliz tillini bilishi kerak. Nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Make marketing plans for better development.
  • Online searching for new clients who aligns with us.
  • Have health contact and meet-ups with the clients as well.
  • Help in process optimization.
  • Give inputs regarding graphical designing work.
  • Work Transportation will be provided for to & fro movement from accommodation.
  • Healthy meals for healthy mind and health.

Grant kimlar uchun?

18 -30 yoshli marketing sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy, kompyuter va 2 mahal oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 25 000 INR ( taxminan 362 USD) stipendiya beriladi.

Ma’lumotlar valyuta kursiga qarab oʻzgarishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 -30 yoshda boʻlishi kerak.
  • Nomzod Marketing sohasi boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  • Nomzod Digital Marketing Content Marketing, Market Research, Leadership koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod 6-12 oylik Internship Visa rasmiylashtirishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 29-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Eslatma:

  • Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak.
  • Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Kalkuttadagi vakilidan shreyapurti21@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; shreyapurti21@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!