×

Gong Kong: magistratura uchun to’liq grant va 13000 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

4053 marta

Gong Kongda joylashgan Hong Kong Baptist University (HKBU) universitetining International Postgraduate Scholarships (IPS) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. IPS grant dasturidan maqsad Gong Kong Baptist Universiteti biznes fakultetida o’qitiladigan 5 ta yo’nalishdagi magistratura kurslariga o’qishga kirgan eng iqtidorli, eng intiluvchan va yetakchilik sifatlariga ega talabalarga moddiy jihatdan yengillik va rag’bat berish. IPS grantlarini 2019-yilda quyidagi magistratura kurslari uchun yutib olish mumkin:

  1. Master of Accountancy.
  2. MSc in Applied Accounting and Finance.
  3. MSc in Applied Economics.
  4. MSc in Business Management.
  5. MSc in Corporate Governance and Compliance.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

IPS grantini yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan to’liq ozod etiladi va unga 100000 Gong Kong dollari (taxminan 12800 AQSh dollariga teng) miqdorida stipendiya beriladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Kong Kong va Xitoydan boshqa davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ko’rsatilgan magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Odatda grant kursga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga avtomatik tarzda belgilanadi.
  3. Nomzod o’zida yuksak jonkuyarlik, yetakchilik, tirishqoqlik, motivatsiya va shu kabi sifatlarni jamlashi zarur.
  4. Nomzod biznes olamida ijobiy o’zgarishlar qilishga bel bog’lagan va bunga salohiyati yetadigan iqtidorli va oldinga intiluvchan shaxs bo’lishi kerak.
  5. Nomzod HKBU’ning turli xalqaro dasturlari va loyihalarida ishtirok etishga tayyor bo’lishi kerak.

Magistratura kurslariga qabul talablari:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari yaxshi va a’lo bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi va shu darajani ko’rsatuvchi IELTS (kamida 6.5), TOEFL (kamida pBT 550 yoki iBT 79) kabi keng miqiyosda tan olingan til sertifikatiga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

IPS grantini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas. HKBU’dagi ko’rsatilgan magistratura kurslariga o’qishga hujjat topshirish kifoya, qabul jarayonida nomzodlarning hammasi grant uchun nomzodlikka qo’yiladi va saralab olingan talabalarga grant belgilanadi.

Magistratura kurslariga qabul noyabr-may oylarida bo’lib o’tadi. Hujjat topshirishning so’nggi muhlatlari har bir kurs uchun turlicha bo’lib, fevral va may oylariga to’g’ri keladi. Sizni qiziqtirgan kurs uchun hujjatlar qachongacha qabul qilinishini bilish uchun shu kurs haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya qilinadi. Kurs uchun ariza berishda 100 Gong Kong dollari (Taxminan 57 AQSh dollari) miqdoridagi ariza to’lovini ham amalga oshirish kerak. Arizalar ko’rib chiqilgach, nomzodlar suhbatga taklif qilinishlari mumkin.

Kursga hujjatlar bu yerda onlayn tarzda qabul qilinadi. Onlayn arizani qanday to’ldirish haqidagi yo’riqnoma bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Diplom va baholar.
  2. Passport nusxasi.
  3. Til bilish testi sertifikati.
  4. Kurs talabiga ko’ra GMAT va shu kabi boshqa test natijalari va nomzod erishgan yutuqlarni ko’rsatuvchi hujjatlar nusxalari.
  5. Academic Referee’s Report Form (2ta) Bu hujjatni uni to’ldirgan shaxs gs@hkbu.edu.hk elektron manziliga yoki universitet pochta manziliga jo’natishi kerak. Agar tavsiyanomani nomzodning o’zi jo’natmoqchi bo’lsa unda pocha orqali jo’natishi zarur.
  6. Tavsiyanoma (ixtiyoriy). Ixtiyoriy hujjatlarni arizadagi “supporting documents” bo’limidagi “academic qualifications” qismga joylashtirish kerak.

Ma’lumot uchun hkpfs@hkbu.edu.hk elektron manziliga yoki (852) 3411-5127 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!