×

UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant, stipendiya va sug’urta! Joy – 21 ta!


Grant

MUHLAT

01.02.2025

QOLGAN VAQT

42 kun

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

14116 marta

Gollandiyada joylashgan Maastricht universiteti magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan belgilangan magistratura kurslariga qabul qilingan, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududidan tashqaridagi davlatlar fuqarolari uchun moʻljallangan.

2025-yil kuzda boshlanadigan oʻqish uchun jami 21 ta grant ajratiladi.

Maʼlumot uchun: Maastricht universiteti dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil oktabr oyi holatiga koʻra, bu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 230-oʻrinni egallab turibdi (QS reytinggi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 1 yillik magistratura dasturlarida 13 oy uchun 15 925 yevro yoki 2 yillik magistratura dasturlarida 25 oy uchun 30 625 yevro stipendiya.
  • Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi (700 yevro qiymatiga ega);
  • O’qish to’lovi toʻliq qoplanadi.
  • Vizaga ariza topshrish xarajati uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Zarur hollarda oʻqishdan oldingiz tayyorlov kurslari xarajatlari qoplanadi.

Eslatma: Yuqoridagi summalar miqdorida biroz oʻzgarish boʻlishi mumkin.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzod quyidagi davlatlardan birining fuqarosi boʻlmasligi kerak: Shveytsariya, Surinam, Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududidagi joylashgan davlatlar. Shuningdek, Gollandiyaga kirish vizasi va yashash ruxsatini olish talablariga javob berishi kerak.
  • Yervopa Ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududida joylashgan davlatlardan birida ikki fuqarolikka ega boʻlmaslik kerak.
  • Maastricht universitetidagi grant uchun belgilangan magistrlik kurslaridan biriga uzluksiz taʼlim  (full-time) shaklida oʻqish uchun ariza topshirish kerak.
  • Nomzod oʻzi ariza topshirgan magistrlik kursining qabul talablariga, jumladan, ingliz tilini bilish darajasi talabiga javob berishi kerak.
  • Gollandiyada oliy taʼlim darajasini beruvchi kurslarda oʻqimagan boʻlishi kerak. Almashinuv dasturlarida oʻqiganlar ariza topshira oladi.
  • 2025-yil 1-sentabr holatiga koʻra, 35 yoshdan katta boʻlmaslik kerak.
  • Nomzod Maastricht universitetidan oldingi oʻqish joyida aʼlo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Bunda nomzod olgan baholar kamida quyidagicha boʻlishi lozim: 100 lik tizimda 75%; 10 lik tizimda 7,5; 4 lik tizimda 3.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Grant uchun ariza topshirish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

1-qadam. Maastricht universitetidagi tegishli magistrlik dasturlaridan biriga roʻyxatdan oʻting. Magistrlik dasturiga qanday roʻyxatdan oʻtish haqida batafsil maʼlumotni dastur veb-sahifasidan olishingiz mumkin. Studielink orqali magistrlik dasturiga ariza topshirganingizda sizga talaba ID raqami beriladi. Bu raqam grantning ariza shaklini (2-qadamga qarang) toʻldirish va topshirish uchun kerak boʻladi.

1-qadamga oid qaydalr:

  • Faqat ushbu roʻyxatdagi magistrlik kurslariga topshirganlar UM Holland-High Potential Scholarship granti uchun ariza topshira oladi.
  • Magistrlik kursi va grantga bir vaqtning oʻzida ariza topshirishingiz mumkin. Lekin grantni qoʻlga kiritish uchun magistrlik kursiga shartli yoki shartsiz qabul qilinishingiz kerak.
  • Agar magistrlik kursiga topshirilgan arizani koʻrib chiqish uchun qandaydir toʻlov mavjud boʻlsa, bu toʻlovni 2025-yil 1-fevralgacha toʻlashingiz talab etilishi mumkin. Grant ushbu toʻlovni qoplab bermaydi. Toʻlov bor yoki yoʻqligini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, “Admission Requirements” boʻlimidan koʻrib olishingiz mumkin.

2-qadam. Grant uchun ariza shakli toʻldiriladi. Har bir fakultetga alohida ariza shakli toʻldiriladi. Grant uchun kerakli hujjatlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Ariza shakli toʻldirilib, quyidagi hujjatlar .doc, .docx yoki PDF formatda yuklanadi hamda ariza topshiriladi (Submit):

  • CV. CV hozirga qadar faoliyatingizni qamrab olgan, unda tegishli taʼim va ish/amaliyot tajribangiz koʻrsatilgan boʻlishi hamda 2 betdan oshib ketmasligi kerak.
  • Motivatsiya xati. Motivatsiya xatida soʻralgan savollarga javob bergan holda UM Holland-High Potential Scholarship granti nimaga siz uchun muhimligi, nega sizga taqdim etilishi kerakligi, oʻqish davrida va oʻqishni tamomlagandan keyin sizning Maastricht universiteti elchisi sifatidagi sifatidagi rolingiz qandayligini ochib berishi kerak. Motivatsiya xatini tayyorlashda BU NAMUNADAN foydalanish kerak.
  • Akademik maharatingizning isboti (Proof of academic excellence). Bunda quyidagi hujjatlarni yuklashingiz kerak boʻladi:
    – Universitetda olgan baholaringiz (transcript). Bunda nomzod olgan baholar kamida quyidagicha boʻlishi lozim: 100 lik tizimda 75%; 10 lik tizimda 7,5; 4 lik tizimda 3.
    – Oʻqigan universitetingizdagi baholash tizimi tushuntirilgan izoh. Masalan, universitetda baholash 100 ballik tizimga asoslangani, necha ball “Aʼlo”, necha ball “Yaxshi”, necha ball “Qoniqarli” va necha ball “Qoniqarsiz” ekani tushuntirilishi kerak. Odatda bu tushuntirish baholar ostida mavjud boʻladi.
  • Moliyaviy ehtiyoj haqida shaxsiy bayon. Siz uchun bu grant qanday manfaat keltirishini hamda oʻzingizning shaxsiy sharoitlaringizni (masalan, moliyaviy qiyinchilik, farzandga gʻamxoʻrlik qiluvchi yagona ota yoki ona ekanligingiz, xastalik, nogironlik, qochqinlik statusi va h.k.) tasvirlab berasiz.
  • Tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari. Tavsiya beruvchining haqiqiyligi u bilan bogʻlanish orqali tekshiriladi. Shu sababli tavsiya beruvchini tanlashda quyidagi talablar bajarilishi va maʼlumotlar/materiallarning topshirilishini taʼminlang:
    Arizachiga aloqasi: tavsiya beruvchining sizga aloqasini koʻrsating, u sizning professer oʻqituvchingiz yoki illmiy rahbaringiz yoki ish beruvchingizmi? Oila aʼzolar tavsiya bera olmaydi.
    Tavsiya beruvchining ish telefon raqami: telefon raqamida qoʻngʻiroq qilish uchun mamlakat kodini ham yozishni unutmang.
    Tavsiya beruvchining ish yoki universitet elektron pochta manzili. Tavsiya beruvchining faqat shaxsiy elektron pochta manzili oʻz ichiga olgan tavsiyanomalar rad etiladi.
    – Tavsiya beruvchi taqdim etgan tavsiyanoma xati. Tavsiyanoma 2024-yil fevral oyidan keyin berilgan boʻlishi lozim.
    Tavsiyanoma boʻyicha qoʻllanmani  BU YERDAN topasiz.

Grant arizasini faqat bir marta topshirish mumkin, shu sababli barcha hujjatlar va tavsiya beruvchining maʼlumotlari joriy sanagacha yangilangan ekaniga ishonch hosil qiling. Hujjatlar ingliz tilida topshirilishi lozim.

Natijalar 2025-yil aprel oyida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlonni batafsil oʻqib chiqing.

Murojaatlar uchun: hhp.scholarship@maastrichtuniversity.nl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!