×

HQ Internship Programme: talabalar va o’qishni yaqinda tamomlaganlar uchun Italiyada 3-11 oylik amaliyot!


Grant

MUHLAT

09.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

6055 marta

Food and Agriculture Organization of United Nations tashkilotining HQ Internship Programme amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Amaliyot tashkilotning Rim shahridagi ofisida bo’ladi. Amaliyotchilar o’z bilimlari orqali Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari va ochlikka qarshi kurashga o’z hissasini qo’shishi rejalashtirilgan. Dasturga qabul qilingan amaliyotchilar tashkilotning turli bo’limlarida faoliyat yuritadi. Amaliyot 3-11 oy davom etadi.

Dasturda UNESCO OTM bazasiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari yoki bitiruvchilari qatnasha oladi. Bu bazaga hozirda O’zbekistonning 64 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan. Bu yerda ro’yxat bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatma: FAO ofislarida chekish mumkin emas, shuning uchun amaliyotchi beruvchi shu qoidaga amal qilishi kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va o’qishni yaqinda tamomlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturida ishtirok etish FAO tashkiloti faoliyatini bilan tanishish va shaxsiy rivojlanish imkoniyatini beradi.

Amaliyotchilarga oyiga 700 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori o’zgarishi mumkin. Turar joy va boshqa xarajatlar uchun qo’shimcha imtiyozlar mavjud emas.

Talablar:

  • Nomzod UNESCO bazasiga kiritilgan universitet yoki institut talabasi bo’lishi, yoki shunday oliy ta’lim muassasasini yaqinda bitirgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod FAO missiyasiga aloqador sohada o’qishi yoki o’qigan bo’lishi kerak. FAO maqsadlari bilan bu yerda
  • Nomzod arab, ingliz, xitoy, fransuz, rus va ispan tillaridan kamida bittasini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod 21-30 yoshda bo’lishi kerak.
  • Nomzod muloqot mahoratiga ega bo’lishi, ko’p millatli xalqaro muhitga tez moslashib keta olishi kerak.
  • Oila a’zolari FAO’da ishlaydigan nomzodlarning arizalari ko’rib chiqilmaydi.
  • Nomzod amaliyot bo’ladigan davlatga viza ola olishi kerak.
  • Amaliyotchi natijaga ishlash, jamoada ishlash, muloqot, samarali aloqalar shakllantirish, bilim ulashish va doimiy rivojlanish sifatlariga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 9-avgustgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish uchun:

  • Bu yerda profil yaratib, uni to’g’ri va to’liq to’ldiring.
  • Profilga motivatsiya xati, diplom nusxasi yoki talabalikni tasdiqlovchi hujjat nusxasi va akademik kvalifikatsiyalarni ko’rsatuvchi hujjatlarni yuklang.

Savollaringiz bo’lsa, Careers@fao.org elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!