×

Rossiya: HSE universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

15.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

27816 marta

Rossiyada joylashgan HSE Milliy tadqiqot universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga koʻp sonli grantlar taklif etadi. Ushbu koʻp sonli grantlar orasida toʻliq grant ham mavjud boʻlib, toʻliq grantlar universitetning quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqishga ariza topshirgan va qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga taqdim etiladi:

Ushbu magistrlik dasturlarining aksariyati ingliz tilida, ayrimlari ingliz va rus tillarida oʻqitiladi. Biroq grantga ariza topshirmoqchi boʻlganlarning barchasi ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi kerak. Qaysi dastur qaysi tilda oʻqitilishini aniq bilish uchun yuqoridagi dasturlardan keraklisini tanlab, sahifasiga kiring.

Hozirda 2022-yil 1-sentabrdan boshlanadigan oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Maʼlumot uchun: HSE dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2021-yil noyabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 305-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Toʻliq grantni qoʻlga kiritgan talaba universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan 100% ozod etiladi. Grant boshqa xarajatlar, jumladan, yotoqxona xarajatini ham qoplashni nazarda tutmaydi (faqat kontrakt toʻlovidan ozod qiladi).

Shuningdek, magistraturada oʻqish uchun kontrakt toʻlovining 5 foizidan 70 foizigacha ozod qiluvchi qisman grantlar ham mavjud. Bu grantlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Toʻliq grantlar yuqorida koʻrsatilgan magistrlik dasturiga qabul qilingan eng yuqori koʻrsatkichlarga ega talabalarga beriladi. Universitetning magistratura kurslariga minimal qabul talablari quyidagilardan iborat:

  1. Nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan boʻlish kerak. Qabul va grant ajratish jarayonida baholarning yuqori ekani rol oʻynaydi.
  2. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi lozim. Rus va ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik dasturiga ariza topshiruvchilar rus tilini ham yetarli darajada bilishi kerak.
  3. Nomzod grantni qoʻlga kiritishi uchun oʻzi tanlagan magistrlik dasturiga hujjat topshirib, qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hukumat granti dasturiga ariza berish uchun HSE Universitetining tanlangan magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirish yetarli. Agar nomzodning arizasi grantga munosib topilsa, uning arizasi grantga tavsiya etiladi va qabul jarayonida grant belgilanadi. O’qishga ariza topshirish 2021-yil 1-noyabrdan boshlangan va qabul 2022-yil 15-avgustgacha davom etadi.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Yuqoridagi magistrlik dasturini tanlang.
  2. Ariza topshiring. Ariza topshirish uchun dastlab BU YERDA roʻyxatdan oʻtib, hisob (akkaunt) ochish kerak. Roʻyxatdan oʻtilgandan soʻng emailingizga foydalanuvchi ID raqami va parol yuboriladi. Soʻng shu ID raqam va parol yordamida BU YERDA akkauntingizga kirasiz hamda arizani toʻldirishni boshlaysiz. Magistrlik dasturlarining qabul talablari bir-biridan farq qiladi. Shu sababli ariza topshirishdan oldin oʻzingiz topshirayotgan yoʻnalishga tegishli minimal portfolio talablarini oʻqib chiqing. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
    – Motivatsiya xati. Deyarli barcha magistrlik dasturlarida motivatsiya xati topshirish soʻraladi. HSE universitetiga qanday qilib motivatsiya xati yozish boʻyicha qoʻllanmani BU YERDA oʻqing.
    – Tavsiyanoma. Aksariyat dasturlarda tavsiyanoma ham topshirish soʻraladi. HSE tavsiyanoma shaklini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
    Shuningdek, boshqa soʻralgan hujjatlar ham taqdim etiladi. Qabul boʻyicha kirish imtihonlari boʻlib oʻtadi.
  3. Arizani baholash. Onlayn arizalar topshirilgach, ular qabul komissiyasi tomonidan kamida 2 hafta ichida baholanadi. Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan onlayn suhbat boʻlib oʻtadi.
  4. Zaruriy hujjatlarni tayyorlash. HSE universitetiga qabul qilinishingiz tavsiya etilgani haqidagi emailni olgach, ariza topshirishda ochgan hisobingizdagi “Offer of Admission” boʻlimiga kirib, quyidagi hujjatlarni PDF shaklda yuklaysiz:
    – Ingliz tilida toʻldirilgan asl grant arizasi. Arizaga 3×4 rasm yopishtiriladi va oxiriga imzo qoʻyiladi. Bu ariza shaklini “Offer of Admission” boʻlimidan yuklab olishingiz mumkin.
    – Bakalvrlik diplomi va uning ilovasi (baholar) hamda ularning rus tiliga notarial tarjima qilingan nusxasi. Bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar hozirga qadar oʻtilgan barcha fanlar va ulardan olingan baholarini notarial tarzda rus tiliga qilingan tarjimasi bilan birga tizimga yuklaydi.
    – Nomzodning sogʻlom ekanini tasdiqlovchi standart tibbiy maʼlumotnoma va uning rus tiliga notarial tarjima qilingan nusxasi (agar maʼlumotnoma rus tilida boʻlmasa).
    – OITSga chalinmaganlikni tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma va uning rus tiliga notarial tarjima qilingan nusxasi (agar maʼlumotnoma rus tilida boʻlmasa).
    – Pasport nusxasi.
  5. Oʻqishga borish va talaba sifatida rasman roʻyxatdan oʻtish.

MUHIM: Qabul jarayoni umumiy tarzda keltirildi. Qabul jarayoni bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: inter@hse.ru
Telefon: +7 495 531 0059
WhatsApp: +7 916 311 8521

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!