×

Northern Kentucky University: bakalavr va magistratura kurslari uchun 7 500 AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1404 marta

AQShda joylashgan Northern Kentucky University oliygohi tomonidan taqdim etiladigan International Merit Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universiteti bakalavr va magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun ajratilgan. Northern Kentucky universitetida mavjud barcha kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar nomzodning baholaridan kelib chiqib belgilanadi.

Magistratura uchun:

  • Baholari o’rtachasi AQShning 4 ballik GPA tizimida 3,75 ball yoki undan yuqori nomzodlarga yiliga 7 500 AQSh dollari grant;
  • Baholari 3,50 bo’lgan nomzodga yillik 5 500 AQSh dollari grant;
  • Baholari 3,00 bo’lgan nomzodlarga yillik 3 500 AQSh dollari grant belgilanadi. Kontrakt qancha?

Bakalavr uchun:

  • Baholari o’rtachasi AQShning 4 ballik GPA tizimida 3,50 ball yoki undan yuqori bo’lgan, va testlardan yuqori ball olgan (quyidagilardan FAQAT BITTASI: SAT 1250, ACT 26, TOEFL IBT 95, IELTS 7,0, PTE Academic 65, DuoLingo 115) nomzodlarga yiliga 7 500 AQSh dollari grant;
  • Baholari 3,00 bo’lgan va testlardan yuqori ball olgan (quyidagilardan FAQAT BITTASI: SAT 1160, ACT 24, TOEFL IBT 79, IELTS 6,5, PTE Academic 55, DuoLingo 105) nomzodga yillik 5 500 AQSh dollari grant;
  • Baholari 2,75 bo’lgan va testlardan yuqori ball olgan (quyidagilardan FAQAT BITTASI: SAT 1060, ACT 21, TOEFL IBT 71, IELTS 6,0, PTE Academic 49, DuoLingo 95) nomzodlarga yillik 3 500 AQSh dollari grant belgilanadi. Kontrakt qancha?

Talablar:

Magistratura uchun:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, baholari yuqorida ko’rsatilgandan kam bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod Northern Kentucky universitetidagi mos magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (yuqoridagidan kam emas).
  • Kurslarda yo’nalishdan kelib chiqib boshqa talablar ham bo’lishi mumkin.

Bakalavr uchun:

  • Nomzod maktabni, litseyni yoki kollejni tamomlagan bo’lishi, baholari yuqorida ko’rsatilgandan past bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod Northern Kentucky universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (yuqoridagidan kam emas).
  • Kurslarda yo’nalishdan kelib chiqib boshqa talablar bo’lishi ham mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun grant yutib olish istagidagi nomzodlar bakalavr kurslariga ham, magistratura kurslariga ham 2020-yil 1-noyabrgacha hujjat topshirishlari kerak. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Kerakli kurslarga hujjat topshirgan barcha xorijlik nomzodlar grant uchun ham da’vogarlik qiladilar.

Magistratura kurslariga hujjatlar bu yerda topshiriladi. Murojaat uchun: graduate@nku.edu

Bakalavr kurslariga hujjatlar bu yerda topshiriladi. Murojaat uchun: beanorse@nku.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!